ATB "Qishloq qurilish bank" o’z mijozlariga ko’rsatiladigan xizmatlarning imkoniyatlarini oshirish maqsadida xorijiy moliya-kredit muassasalari, jumladan, Rossiya Federatsiyasi tijorat banklari bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga harakat qilmoqda.

Xususan, joriy yilning oktyabr oyida Rossiyaning ommaviy aksiyadorlik jamiyati shaklidagi "AK BARS" aksiyadorlik tijorat banki bilan Hadli bitim imzolandi. Mazkur bitim doirasida ATB "Qishloq qurilish bank" savdoni moliyalashtirish operatsiyalari uchun 365 kungacha muddatga 3,5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochildi. Ushbu liniya bo’yicha moliyalashtirish ATB "Qishloq qurilish bank" mijozlarining AQSh dollari, yevro va Rossiya rubli kabi valyutalarda tuzilgan import va eksport shartnomalari uchun taqdim etiladi. Import shartnomalari bo’yicha bitimlarni moliyalash doirasida Rossiya ishlab chiqaruvchilari eksportchi sifatida ishtirok etishlari kerak.
Shu bilan birga, xom ashyo bilan bog’liq bo’lmagan import kontraktlarni moliyalashtirish zarurati tug’ilsa va bunda siyosiy hamda kredit risklari "EKSAR" AJ tomonidan sug’urta qilinadigan bo’lsa, moliyalashtirish summasi 35 million AQSh dollarigacha oshirilishi mumkin.
Savdoni moliyalashtirishdan tashqari, yaqin kelajakda ATB "Qishloq qurilish bank" va Rossiya moliya instituti o’rtasida vakillik munosabatlari o’rnatilishi ham kutilmoqda.
Bunday hamkorlik aloqalari mijozlarning bank xizmatlariga bo’lgan extiyojlarini to’la qondirishga, shuningdek, banklar daromadlari va ikki mamlakat o’rtasidagi mahsulot ayirboshlash hajmining oshishiga katta imkoniyat yaratadi.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Rossiya banki bilan Hadli bitim imzolandi