Rossiyadan Oʼzbekistonga bepul onlayn pul oʼtkazmalari

01.01.1970

Gazprombank va «Ipoteka-bank» АTIB birgalikda texnik integrator – «Atmos» kompaniyasi bilan hamkorlikda bepul onlayn pul oʼtkazmalari xizmatini yoʼlga qoʼydi. Endilikda Rossiyaning istalgan banki kartasi egasi Oʼzbekistondagi istalgan bankning Uzcard va Humo kartalariga pul oʼtkazmalarini komissiya toʼlovlarisiz oʼtkazishi mumkin. Shu bilan birga, ushbu xizmat, pul oʼtkazmalarini bir zumda konvertatsiya qilish orqali Oʼzbekistondagi qabul qiluvchining mablagʼni darhol oʼzbek soʼmida olish imkonini beradi.

Oʼtkazmani qanday amalga oshirish mumkin?

Rossiyaning istalgan bank kartasidan Uzcard va Humo kartalariga pul oʼtkazmasini amalga oshirish uchun Gazprombank veb-saytiga kirish va faqat qabul qiluvchining karta raqamini kiritish lozim boʼladi. Xususan, joʼnatuvchi pul oʼtkazmasining soʼmdagi miqdorini oʼtkazma tasdiqlangunga qadar koʼrish imkoniyatiga ega boʼladi va pul oʼtkazmasi amalga oshirilgandan soʼng qabul qiluvchining kartasida mablagʼlar bir zumda aks etadi.

Qanday qilib qoʼshimcha foyda olish mumkin?

Endi Oʼzbekistonga oʼtkazmalar nafaqat bepul, balki foydali ham boʼldi. Rossiyada Gazprombank #Rodnyeblizko kartasini rasmiylashtirib, joʼnatuvchi oʼz yaqinlariga pul oʼtkazmalarini oʼzbek soʼmida nafaqat komissiyasiz, balki imtiyozli konvertatsiya stavkasidan foydalanib joʼnatishi ham mumkin boʼladi. Barcha qulayliklar hamda kartaning afzalliklari boʼyicha maʼlumotlarni batafsil Gazprombank veb-saytida bilib olishingiz mumkin.

«Ipoteka-bank» АTIB va Gazprombank nafaqat bepul pul oʼtkazmalari boʼyicha tezkor, foydali va qulay xizmatni taklif etadi, balki sizni yaqinlaringiz bilan yanada yaqinlashtirib, siz uchun haqiqatdan ham qadrli boʼlgan vaqtingizni tejaydi!

Rossiyadan Oʼzbekistonga bepul onlayn pul oʼtkazmalari boʼyicha qoʼshimcha maʼlumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin: 1233 yoki +998781501122.

Ipoteka bank Ipoteka-Bank missiyasi — oʼz aktsiyadorlari va bank mijozlari uchun eng yuqori darajadagi iqtisodiy qadriyatlarni yaratishdan iborat. Mijozlarga xizmat koʼrsatishning yuqori sifati va tanlangan bozorlardagi yetakchilik, kelajakdagi bank muvaffaqiyati uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Manba: Ipoteka bank
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi