Rossiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kartangiz hisobiga kelib tushadigan oson o‘tkazmalar borligini yana bir bor eslatamiz

01.02.2021
Bunday o‘tkazmani istagan vaqtingizda qabul qila olasiz va buning uchun bankka borish shart emas!

Sizga bunday kulaylik  yaratish uchun Rossiyadagi yaqinlaringiz «Sberbank Onlayn» ilovasini yuklab olishlari va bor-yo‘g‘i bir nechta harakatni amalga oshirishlari kerak bo‘ladi.

O‘tkazmani jo‘natish turlari:
  • UZCARD va HUMO kartalariga - milliy valyutada;
  • VISA va UNIONPAY xalqaro kartalariga - AQSh dollarida.

Qabul qilib olingan mablag‘ni siz darhol o‘z ehtiyojlaringiz uchun sarflashingiz yoki naqd pul shaklida yechib olishingiz mumkin.

Hamkorbank xalqaro kartalaridan bank kassalarida mablag‘ni yechib olish - BEPUL!

Agar kartangiz bo‘lmasa unda zudlik bilan  havola orqali o‘tib, uni rasmiylashtiring: https://bit.ly/3caSVWj

Hamkorbank Visa kartasini rasmiylashtirishingiz, unga “Sberbank Onlayn” ilovasi orqali pul o‘tkazmalarining amalga oshirilishi Sizni bevosita “Hamkorbank va Visa birgalikda sovg‘alar ulashadi!” aktsiyasining  ishtirokchisiga aylantiradi. Bu esa avtomobil yoki zamonaviy smartfonni qo‘lga kiritish imkoni deganidir.  

Yaqinlaringizga oson o‘tkazmalar haqida xabar bering va o‘tkazmalarni qulay usulda qabul qiling!
Hamkorbank Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi.
Manba: Hamkorbank
O'xshash yangiliklar
Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

16.04.2026

Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

13.04.2026

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

07.04.2026

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi



Orphus tizimi