Mamlakatimizda olib borilayotgan samarali iqtisodiy siyosat, xususan bank tizimida amalga oshirilayotgan va mavjud aniq yo'nalishlar bank-moliya tizimining barqaror rivojlanishiga mustahkam poydevor yaratmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan «Standard&Poor’s» xalqaro reyting agentligi bilan hamkorlikda O'zbekiston tijorat banklariga xalqaro reyting taqdim etilishi va qayta tasdiqlanishi masalalariga bag'ishlangan navbatdagi konferentsiya tashkil etildi.
Konferentsiyada Markaziy va tijorat banklarining rahbarlari va mas'ul xodimlari, kredit tashkilotlarini auditdan o'tkazuvchi xalqaro va mahalliy auditorlik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Ushbu tadbir mamlakatimiz rahbarining 2015 yil 6 maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash doirasida o'tkazildi.
Anjuman davomida «Standard&Poor’s» ekspertlari tomonidan reyting taqdim etish mezonlari tahlili, o'z kredit layoqatliligini baholash, shuningdek, bank nazorati bo'yicha Bazel komitetining “Bazel III standartlari”ni joriy qilish tajribasi tavsiyalari va ularning banklar reytingiga ta'siri masalalari taqdimoti bo'lib o'tdi.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
S&P bank tizimidagi ijobiy o'zgarishlarni qayd etmoqda