Samarqand viloyatining aholisi Xalq banki xizmatlaridan yanada kengroq foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Gap shundaki, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om filialiga qarashli “Tinchlik” hamda Temiryo‘l filialiga qarashli “Afrosiyob” bank xizmatlari markazlari foydalanishga topshirildi.
Barcha qulayliklarga ega ushbu markazlarda endilikda jismoniy va yuridik shaxslarga keng ko‘lamli bank hamda konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi. Bu yerda, shuningdek, milliy valyutadagi “Uzcard” va “Humo” plastik kartalaridagi mablag‘larni naqdlashtirish, valyuta ayirboshlash, kommunal, uyali aloqa operatorlari, internet va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish bilan birga, jismoniy shaxslar uchun qulay shartlarda mikroqarz, overdraft va boshqa kreditlarni rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgan.
Bank Axborot xizmati
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Samarqandda “Bank xizmatlari markazlari” soni yana ikkitaga ko‘paydi