JET: Qaysi banklar eng yuqori foizli va to'ldiriladigan omonatlarni taklif qilmoqda? Batafsil

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

24.06.2025

2025-yil iyun oyida Octobank Shanxayda bo‘lib o‘tgan eng yirik xalqaro moliyaviy ko‘rgazmalardan biri — China International Financial Exhibition ko‘rgazmasida ishtirok etdi. 

Octobank Markaziy Osiyoning kam sonli vakillaridan biri sifatida - China International Financial Exhibition xalqaro moliyaviy ko‘rgazmasi ishtirokchisiga aylandi. 18-20-iyun kunlari Octobank stendi oldida fintex kompaniyalari, to‘lov tizimlari va yetakchi xalqaro banklar vakillari bilan mazmunli muzokaralar o‘tkazildi. Asosiy e’tibor xalqaro hisob-kitoblar, raqamli infratuzilmani rivojlantirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi loyihalarga qaratildi.

CIPS rahbariyati bilan uchrashuv

Tadbir doirasida Octobank Boshqaruvi raisi Iskandar Tursunov va CIPS (Cross-Border Interbank Payment System) xalqaro to‘lov tizimi rahbari janob Xuan Fu o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Markaziy Osiyo uchun yuandagi to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish, mintaqaviy korxonalarni CIPS tizimiga bevosita ulash istiqbollari va kelgusidagi hamkorlikni muhokama qildilar. Muzokaralar yakunida navbatdagi uchrashuvni O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishib olindi.

«Xitoy — O‘zbekistonning asosiy tashqi iqtisodiy hamkorlaridan biridir. Biz O‘zbekiston-Xitoy savdo aylanmasi doirasida chegaralararo to‘lovlar, raqamli infratuzilma va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarini rivojlantirishga intilmoqdamiz. Hamkorlik loyihalari va tajriba almashish uchun ochiqmiz», — dedi Iskandar Tursunov.

Bank uz — 1600 х 900_Octobank_2.jpg

Bankning ishbilarmonlik sessiyasidagi taqdimoti va Xitoy ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusi

Bank vakili Li xonim biznes sessiya ishtirokchilarini Octobank faoliyati va yutuqlari bilan tanishtirdi. Taqdimotda 2025-yilning I choragidagi ishlar sarhisob qilinib, asosiy rivojlanish yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tildi. Xususan, yilning dastlabki uch oyida bank 8,4 mln dollar sof foyda ko‘rdi, umumiy kapitalini 67,6 mln dollargacha oshirdi va rentabellik darajasi 49,7%ni tashkil etdi. Bank aktivlari 315,1 mln dollarga yetdi. Octobank brendi 30 mln dollarga baholangan va uning barqarorligi Moody’s va S&P xalqaro agentliklari tomonidan tasdiqlangan.

Bundan tashqari, Li xonim Xitoyning yirik ommaviy axborot vositalari — CCTV, Xinhua News Agency, Shanghai TV, Finance, Securities Daily va boshqalarga o‘z sharhlarini berdi. U Octobankning Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi savdoni rivojlantirish, yuan hisob-kitoblarini kengaytirish, texnologik hamkorlik va ekologik loyihalarda ishtirok etishga strategik sodiqligini ta’kidlab o‘tdi.

Bank uz — 1600 х 900_Octobank_4.jpg

Octobank Xitoyning bir qator yirik ishtirokchi banklari — Bank of China, China Merchants Bank, Bank of Ningbo, China Postal Savings Bank, China Zheshang Bank, Bank of Xinjiang, Bank of Jiangsu, Zhejiang Chouzhou Commercial Bank shuningdek, xalqaro ishtirokchilar: Aktif Bank ((Turkiya), African Export-Import Bank, Standard Bank (JAR), HSBC (Buyuk Britaniya), Bangkok Bank (Tailand), TransBank (Mo‘g‘uliston), Bank Mandiri (Indoneziya) bilan quyidagi qo‘shma loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib bordi:

·       Markaziy Osiyo texnologik innovatsiyalar jamg‘armasini tashkil etish;

·       shamol energetikasi loyihasini moliyalashtirish uchun panda-obligatsiyalarini chiqarish;

·       Ant Chain bilan eksport bo‘yicha raqamli hisob-kitoblar uchun blokcheyn platformasini birgalikda ishlab chiqish;

·       CIPS interfeysini rus va o‘zbek tillarida mahalliylashtirish.

Bank uz — 1600 х 900_Octobank_3.jpg


CIPS tizimi haqida


CIPS (Cross-Border Interbank Payment System) — Xitoy Xalq banki tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro transchegaraviy to‘lovlar tizimi. U mamlakatlar o‘rtasida bevosita yuan hisob-kitoblarini korrespondent banklar ishtirokisiz amalga oshirish imkonini beradi. Bugungi kunda CIPS 180 + mamlakatdan 170 dan ortiq bevosita va 1500 dan ortiq bilvosita ishtirokchilarni birlashtiradi. 

Octobank CIPS tizimini Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish strategiyasi doirasidagi asosiy vositalardan biri sifatida baholaydi.


Octobank

“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.


Hozirgi paytda Bank asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratmoqda:


  • Mijozlarga xizmat ko'rsatishda bir xil yondashuvga amal qilish;
  • Xizmat ko'rsatish texnologiyalarini zamonaviylashtirib borish;
  • Xizmat ko'rsatish sifatini oshirib borish;
  • Har bir mijozga alohida yondoshgan holda standart texnologiyalarni tadbiq etib borish;
  • Shaxsiy menedjerlar xizmatlarini tashkil etish;
  • Mijoz bilan Bank bo'linmalari o'rtasida munosabatlarning samaradorligini oshirib borish;
  • O'zgaruvchan tarif siyosatini olib borish, mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini mustaxkamlash.

Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.

Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.



O'xshash yangiliklar
Paynet kompaniyasining alyansi Xalq banki bilan hamkorlik orqali mustahkamlanmoqda

16.06.2025

Paynet kompaniyasining alyansi Xalq banki bilan hamkorlik orqali mustahkamlanmoqda

Toshkentda Key Tech konferensiyasi bo‘lib o‘tadi: banklar va fintexda moliyaviy texnologiyalar va AI kelajagi haqida

12.06.2025

Toshkentda Key Tech konferensiyasi bo‘lib o‘tadi: banklar va fintexda moliyaviy texnologiyalar va AI kelajagi haqida

Rasmiyatchiliklarsiz diplom himoyasi: Paynet diplomni karyera sari qadamga aylantirmoqda

10.06.2025

Rasmiyatchiliklarsiz diplom himoyasi: Paynet diplomni karyera sari qadamga aylantirmoqda



Orphus tizimi