ATB “Qishloqqurilishbank” tizimida omonatchilarning manfaatlarini himoya qilish va ularning bo‘sh pul mablag‘laridan muntazam daromad olishlarini ta’minlash maqsadida, mijozning omonat mablag‘larining asosiy qismini va oylik foizlarini olish, muddati kelgan omonatlarni qayta rasmiylashtirish ayrim sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida amalga oshirilmaganida, ya’ni omonatchi:
- sayohatga chiqqanida;
- yodidan ko‘tarilganda;
- xizmat safariga ketganda;
- betob bo‘lganida omonatchilarga o‘z xohishlariga asosan, telefon orqali yoki “SMS-xabarnoma” xizmati orqali xabardor qilish dasturi joriy qilingan. Bunda omonatchilarga omonat mablag‘larining asosiy qismini, oylik foizlarni olish muddati kelganligi, omonatning asosiy muddati kelganda esa uni qayta rasmiylashtirish muddati kelganligi to‘g‘risida xabaryuboriladi.

Muhimjihati shundaki, omonatchi o‘z vaqtida omonati to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ladi hamda tezkor omonatini boshqarish imkoni tug‘iladi.

“Qishloqqurilishbank” uchun nafaqat bankning foyda ko‘rishi, balki mijozlarning ham daromad olishi muhimdir!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
(+99871) 150-39-93, 150-72-58, www.qqb.uz
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Sayohatda yursangiz ham ....omonatingiz haqida SMS-xabar olib turasiz!