JET: Qaysi avtomobillarni muddatli to'lovga olish mumkin? Batafsil

Senat Markaziy bank hisobotini tingladi

29.03.2017


2017 yil 28 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2016 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini tingladilar.

Hisobotda qayd etilganidek, Markaziy bankning 2016 yildagi faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2015 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida belgilangan vazifalarni hamda Markaziy bankning avvalgi hisobotlari yakunlari bo‘yicha Oliy Majlis Senatining tegishli qarorlarida qayd etilgan vazifalarni so‘zsiz bajarishga qaratildi.

Bank tizimi kapitallashuvi darajasini oshirish, uning likvidligini va barqarorligini yanada mustahkamlash yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida tijorat banklarining umumiy kapitali 20,2 foizga ko‘paydi va 9,35 trillion so‘mni tashkil etdi. 2016 yil yakunlariga ko‘ra bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi xalqaro Bazel qo‘mitasi tomonidan belgilangan xalqaro standartlardan deyarli 3 baravar, uning likvidligi esa eng yuqori indikator baholardan 2 baravar yuqori bo‘ldi. Banklar depozitlari hajmining 25,2 foizga oshishi ta'minlandi, bu esa banklar aktivlari hajmlarining 23,3 foizga oshishiga olib keldi.

Hisobot yilida tijorat banklari tomonidan investitsiya loyihalarini bajarish uchun 12,2 trillion so‘m miqdorida kreditlar ajratildi, bu esa 2015 yilga nisbatan 1,2 baravar ko‘proqdir.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir kredit siyosati sezilarli darajada takomillashtirildi. Ularga davlatimiz tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar hajmi 2015 yilga nisbatan 1,3 baravar oshdi va 15,8 trillion so‘mni, shu jumladan mikrokreditlar 3,3 trillion so‘mni tashkil etdi. Tijorat banklari tomonidan kollejlarning bitiruvchilariga o‘z biznesini tashkil etishi uchun qariyb 362,1 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar berildi, bu esa 2015 yildagidan 1,3 baravar ko‘proqdir.

2016 yilda bank tizimining faoliyati iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur'atlarini saqlashga va aholi farovonligi yanada oshirilishini ta'minlashga ko‘maklashdi. “Moody’s” reyting agentligi surunkasiga yetti yildan beri O‘zbekiston bank tizimiga “barqaror” reytingi bahosini bermoqda.

Hisobotni muhokama etish chog‘ida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar va tavsiyalarni bildirdilar. Xususan, bank-moliya tizimining barqarorligini saqlash, omonatchilar, qarzdorlar va kreditorlar manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash maqsadida banklar va boshqa moliyaviy muassasalar faoliyatini nazorat qilish samaradorligini oshirishga doir ishlarni kuchaytirish tavsiya etildi. Uy xo‘jaliklariga mamlakat aholisini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish uchun imtiyozli mikrokreditlar berish, respublika hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida nazarda tutilayotgan loyihalarni moliyalashtirish ko‘lamlari va hajmlarini kengaytirish borasidagi ishlarni ko‘chaytirish lozimligi qayd etildi. Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda, 2017 yilning yanvar oyida Hukumatning kengaytirilgan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ma'ruzalarida bank tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini ta'minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini ta'kidladilar.

Hisobotlarni ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra Oliy Majlis Senatining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Манба: www.cbu.uz



BRB
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar



Orphus tizimi