JET: Kartadan kartaga 200 million so'mni komissiyasiz o'tkazish mumkinmi? Batafsil

“Send me”: Xalq banki hujjatlar ijrosini yangi dastur orqali nazorat qilmoqda

29.06.2021

Xalq banki xodimlarining o‘zaro muloqotida “Send me” degan ibora qulog‘ingizga chalinsa, aslo ajablanmang. Inglizchadan o‘girganda “Menga jo‘nat” degan ma’noni bildiruvchi bu so‘z birikmasini eshitganda, tizimda ishlovchilarning aksariyati sergak tortib qolishadi. Bu bejiz emas. Gap shundaki, 2020-yilda Xalq bankini transformasiya qilish doirasida xuddi shu nom bilan yangi elektron hujjatlar aylanish dasturi ishga tushirilgan.

Oldin bunday dastur bo‘lmaganmi, dersiz?! Bo‘lgan, albatta. Faqat eskicha muqobili. Ammo yil o‘tgan sayin uning qator kamchiliklari ko‘zga tashlanib qoldi. Masalan, avvalgi dasturda xat-hujjatlar yuqoridan quyiga — Bosh bankdan viloyat filiallariga, viloyat filiallaridan tuman (shahar) filialllariga yo‘naltirib kelingan. Yangi dasturda esa tuman (shahar) filiallari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash imkoniyati mavjud. Bu — katta natija.

Yuqori tashkilotlardan kelgan va Boshqaruv topshiriqlarini bandma-band nazoratga olish imkoni ham avval bo‘lmagan. Nazoratga olingan xat-hujjat uchun faqat bir marta nazorat o‘rnatilgan. Ya’ni muddati davomiy va bandlariga alohida muddatlar qo‘yilgan bo‘lsa, nazoratga olish uchun bir kunni beligilash mumkin bo‘lgan, xolos.

Shu bois, Xalq bankining ijro apparati hamda Dasturiy ta’minot departamenti o‘zaro hamkorlikda yangi dastur ishlab chiqdi. Hozir undan faqat Xalq banki tizimida foydalanilmoqda.

“Send me” orqali Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank hujjatlari hamda Boshqaruv qarorlari, yig‘ilish bayonlari ijrosi bandma-band nazoratga olinib, ijrosi o‘z vaqtida va sifatli ta’minlanishiga erishilmoqda.

Jo‘natiladigan xat-hujjatlar reyestri va jo‘natiladigan konvertga yozuvlarni elektron tarzda aks ettirish imkoniyati yo‘q edi. Endi tasavvur qiling, markaziy apparatdan bir kunda o‘rtacha 350 ta hujjat chiqadi, ularning reyestrini shakllantirish va konvertlarga yozuvlarni qayd etish qo‘lda bajarilardi. Hujjatlar feldegerlik xizmati va pochta orqali qog‘oz shaklida yuborilgan.

Hozir bularning barchasi elektron tarzda amalga oshirilyapti.

“Send me” dasturi orqali berilgan topshiriqlar, xat-hujjatlar ijrosi, albatta, ta’minlanadi. Chunki dasturda topshiriqlarning filiallarga o‘z vaqtida yetkazilishi va ular tomonidan ijrosini nazorat qiladigan monitoring (KPI) tizimi mavjud. Bundan tashqari, xat-xujjat ijrosini eslatib turuvchi “SMS–xabarnoma” xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu xizmat orqali tarkibiy tuzilma rahbarlariga nazoratga olingan xat “SMS–xabarnoma” orqali yodga solib turiladi.

Bugungi kunda bank markaziy apparatida Hisob palatasining “ijro.gov.uz”, vazirlik va idoralarning “e-xat”, Markaziy bankning “Lotus” dasturlari hamda Xalq bankining info@xb.uz pochtasi orqali hujjatlar qabul qilinmoqda. “Send me”ni ushbu dasturlar bilan integrasiyalash uchun Markaziy bank va “Uzinfocom” DUKga murojaat qilingan. Agar kelishuvga erishilib, integrasiyalash amalga oshirilsa, vazirlik va idoralardan keladigan xat-hujjatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijroga yo‘naltirish imkoniyati yaratiladi. Bu esa vazifa va topshiriqlarni tezkor va sifatli bajirishga xizmat qiladi.

Bank Axborot xizmati

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

04.07.2024

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

02.07.2024

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi



Orphus tizimi