Shahar 3-son bolalar klinik shifoxonasini kapital ta’mirlash ishlari yakunlandi

30.08.2017

Kapital ta’mirlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma olti yillik bayrami arafasida yakunlanib, Shahar 3-son bolalar klinik shifoxonasining qayta ta’mirlangan korpusi ochilishi «ASIA ALLIANCE BANK» bankidan Vatanimizning oʻsib kelayotgan kelajak avlodi uchun munosib sovgʻaga aylanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 17 fevralda belgilangan “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi”ga asosan aholining ijtimoiy himoyasi va sogʻligʻini saqlash tizimini takomillashtirish nazarda tutilgan. Ushbu dastur sogʻliqni saqlash sohasini, avallam bor, butun birlamchi boʻgʻin, tez va shoshilinch tibbiy yordamni yanada isloh qilishni oʻziga oladi, aholiga tibbiy xizmatdan foydalanish imkoni va sifatini oshirishga va tibbiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga qaratilgan. Tibbiyot sohasini rivojlantirish bilan nafaqat davlat tuzilmalari, balki tijorat tashkilotlari ham shugʻullanayotganligi quvonarlidir.

Masalan, 2015 yil boshida «ASIA ALLIANCE BANK» aksiyadorlik tijorat banki Toshkent shahrida davolash muassasasini kapital ta’mirlanishini moliyalashtirish boʻyicha oliyjanob vazifa hisoblangan homiylikni oʻz zimmasiga oldi. Koʻpgina ta’mirlashga muhtoj shifoxonalar orasidan Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Beshqayragʻoch koʻchasi, 243-uy manzili boʻyicha joylashgan Shahar 3-son bolalar klinik shifoxonasi tanlandi.

Eng kichik yoshdagi rivojlanish patologiyalari boʻlgan bolalar koʻproq zaif hisoblanganligi sababli, yangi ta’mirlashdan chiqqan korpusda reanimatsiya, vaqtidan oldin tugʻilgan bolalar va yangi tugʻilgan bolalar patologiyasi boʻlimi, emadigan yoshdagi bolalarning rivojlanish patologiyasi boʻlimi, allergologiya, fizioterapiya va ichki dorixonalarni joylashtirishga qaror qilindi. Ta’kidlab oʻtish muhimki, reanimatsiyani toʻrtinchi qavatdan birinchi qavatda koʻchirishga qaror qilingani, ogʻir ahvolda qabul qilinayotgan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi.

Shifoxonaning 1983 yilda qurilgan toʻrt qavatli binosi anchadan beri yangilanib ta’mirlanishga ehtiyoj sezgan edi. Kapital ta’mirlash ishlari asosiy «A» bolkida, shuningdek «V» blokida bajarildi. Barcha muhandislik, xoʻjalik-ichimlik suv quvur yoʻllari, kanalizatsiya, elektr ta’minoti va elektr yoritish, telefonlashtirish tizim va tarmoqlarini toʻliq almashtirish, butun ventelyatsiya tizimini yangilash boʻyicha katta hajmda ishlar bajarildi hamda barcha xonalarda kanalli sun’iy havo hosil qilish amalga oshirildi, shuningdek eshik va derazalar, hududni oʻrab turadigan temir panjaralar almashtirildi. Har bir qavatda yongʻin haqida ogohlantirish tizimi oʻrnatildi, oʻt oʻchirish tizimi almashtirildi, reanimatsiya palatalarini kislorod bilan ta’minlash tizimi bajarildi.

Endilikda, «ASIA ALLIANCE BANK» tufayli shifoxonaning qayta ta’mirlangan boʻlimi tez yordam orqali yotqizib davolashga olib kelinayotgan, shuningdek Uchtepa, Chilonzor, Yakkasaroy va Sirgʻali tumanlaridagi bolalar poliklinikalaridan rejali tartibda yoʻlanma boʻyicha bolalarni qabul qilishni amalga oshiradi.

Oʻtkazilgan kapital ta’mirlashdan soʻng yangi korpusda oʻrin-joylar soni 169 tani tashkil etadi, bu esa ta’mirlashdan oldin foydalanganlardan 70 taga koʻpdir. Emadigan bolalar uchun tozalik boʻlimi va dush kabinasiga ega shinam 1 va 2 oʻrinli palatalar yaratilganligi juda muhim. Palatalar turli yoshdagi bolalar va ularning onalari uchun karavotlar, yoʻrgaklash stollari, bakteritsid nurlagichlar bilan jihozlangan. Yangi korpus ochilganidan soʻng barcha kichik davolanuvchilar onasi yoki otasi bilan yotib davolanishi mumkin, bu esa sogʻlomlashish jarayoni tezroq oʻtishiga yordam beradi.

Asia Alliance Bank “ASIA ALLIANCE BANK” O‘zbekiston Respublikasining yosh va jadallik bilan rivojlanib borayotgan bankidir. Bank o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan, 2009 yilning 15 avgustida bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan, 79-sonli Litsenziyasi asosida amalga oshiradi.
O'xshash yangiliklar
“Call-center” — Xalq bankining “tashrif qog‘ozi”ga aylanadi

27.10.2020

“Call-center” — Xalq bankining “tashrif qog‘ozi”ga aylanadi

Xalq banki

Bank kredit toʼlash muddatiga taʼtil bergan, summasiga emas.

12.10.2020

Bank kredit toʼlash muddatiga taʼtil bergan, summasiga emas.

Mikrokreditbank

Ipoteka krediti endi yanada qulay shartlar asosida

13.10.2020

Ipoteka krediti endi yanada qulay shartlar asosida

Mikrokreditbank



Orphus tizimi