Shavkat Mirziyoyev 2020-yilda banklar oldida turgan asosiy vazifalarni ma’lum qildi

24.01.2020
Shavkat Mirziyoyev 2020-yilda banklar oldida turgan asosiy vazifalarni ma’lum qildi Bugun, 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis palatalariga murojaat yo‘lladi. Davlatimiz rahbari bank tizimi haqida ham alohida to‘xtalib, shunday dedi:“Bank tizimi va kapital bozorini rivojlantirish uchun bu yil keskin choralar ko‘rishimiz lozim. Afsuski, bank tizimi raqamli texnologiyalarni qo‘llash, yangi bank mahsulotlarini joriy etish va dasturiy ta’minotlar bo‘yicha zamon talablaridan, 10-15 yil orqada qolmoqda. 2020 yildan boshlab har bir bankda keng ko‘lamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bu borada banklarimizning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirish alohida e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Bank tizimida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaydigan “loyihalar fabrikasi” faoliyatini yo‘lga qo‘yishimiz lozim. Banklarimiz xalqaro moliya bozorlariga chiqib, arzon va uzoq muddatli resurslar olib kelishi zarur. Milliy bank va Ipoteka-bank bu yil o‘z “evrobond”larini chiqarishi maqsadga muvofiqdir. Davlat ulushiga ega bo‘lgan banklar bosqichma-bosqich strategik investorlarga sotiladi. Bank sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi - tijorat banklarini “mijoz uchun ishlash”ga o‘rgatishdan iboratdir. Soha uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash maqsadida, Bank-moliya akademiyasi xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda to‘liq qayta tashkil etiladi.Shuningdek, davlat banklarida zamonaviy bank amaliyoti, menejmenti va xizmatlarini joriy qilish uchun rahbarlik lavozimlariga xorijiy yetakchi moliya institutlarining malakali mutaxassislarni jalb etish boshlandi va bu jarayon izchil davom etadi. Banklarda axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish orqali, ularning dasturiy ta’minotlarini tubdan yangilash lozim. Shu yil 1 iyulga qadar “kredit tarixi” axborot tizimini to‘liq ishga tushirish zarur. Aholida bank tizimiga nisbatan ishonchni shakllantirish va banklar faoliyatiga chetdan aralashishga chek qo‘yish kerak”.
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi