JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

Shikastlangan chet el valyutasidagi banknotalarini muomalaga yaroqliligi va yaroqsizligini aniqlash mezonlari

13.07.2018

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, aholidan shikastlangan banknotalar bilan bog‘liq valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlardan kelib chiqib, chet el valyutasidagi banknotalarining muomalaga yaroqliligini aniqlash mezonlari quyidagilar etib belgilanganligini ma’lum qiladi[1]:

 

1. Quyidagi shikastlanish belgilari mavjud bo‘lgan banknotalar muomalaga yaroqli hisoblanadi:

- banknota tasvirini (shaklini) aniqlash imkonini beradigan darajada siyqalangan va ifloslangan bo‘lsa;

- banknota enining (bo‘yining) to‘rtdan bir qismidan oshmagan yopishtirilgan yirtiqlarga ega bo‘lsa;

- yopishtirib qo‘yilgan burchaklari yoki qismlari (1 sm2 dan oshmagan) bo‘lsa hamda yirtib olingan burchaklari yoki qismlar aniq ushbu banknotaga tegishli bo‘lsa;

- mayda dog‘lar, yozuvlar, shtamp izi (bunda yozuv yoki shtamp izi ikkitadan oshmagan bo‘lishi lozim) bo‘lganda hamda ular banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortig‘ini to‘sib qo‘ymagan bo‘lsa;

- banknotada diametri 1 mm  dan oshmagan va ikkitadan ko‘p bo‘lmagan teshiklar bo‘lsa.

 

2. Quyidagi shikastlanish belgilari mavjud bo‘lgan banknotalar muomalaga yaroqsiz hisoblanadi:

- bo‘laklarga ajratilgan, shu jumladan yopishtirilgan bo‘lsa;

- dastlabki rangi o‘zgargan yoki rangi o‘chgan bo‘lsa;

- yongan yoki kuygan holatda bo‘lsa;

- asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortiq qismiga moy, bo‘yoq yoki siyoh to‘kilgan bo‘lsa;

- banknotada kimyoviy reaktivlar ta’siri bo‘lsa;

- muayyan darajada qasddan shikastlangan holda tasvir (surat, portret) o‘zgartirilganda, nominali o‘zgartirilgan, himoya ipchalari olib tashlangan, katta hajmdagi yozuvlar bo‘lsa;

- banknotlar aniq bosma xatoga ega bo‘lgan (suv belgisi yoki himoya ipchalarining yo‘qligi yoki noto‘g‘ri joylashganligi), tasvirlari to‘liq bosilmagan yoki surkalib ketgan bo‘lsa;

- banknotaning geometrik o‘lchami 3 mm dan ortiqqa o‘zgargan bo‘lsa.

 

3. Tegishli xorijiy davlatning emitent banki tomonidan e’lon qilingan sanadan keyin muomaladan chiqarilgan hamda banknota tugatilganligi, soxtaligi yoki namunaviyligini tasdiqlovchi shtamplar mavjud bo‘lgan banknotalar to‘lovga yaroqsiz deb e’tirof etiladi va bunday banknotalar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalari amalga oshirilmaydi.

 

4. Tijorat banklariga quyidagilar taqiqlanadi:

- shikastlangan lekin muomalaga yaroqli bo‘lgan banknotalarini ayirboshlash yoki shu turdagi shikastlanmagan banknotalarga almashtirish, maydalash, yiriklash hamda ular bilan konversiya operatsiyalarni amalga oshirishni rad etish;

muomalaga yaroqsiz banknotalarni inkassoga qabul qilishni rad etish;

- qabul qilingan yoki sotib olingan shikastlangan banknotalarni boshqa operatsiyalar bo‘yicha mijozlarga sotish va berish.

 

5. Tijorat banklari tomonidan shikastlangan yoki inkassoga qabul qilingan muomalaga yaroqsiz banknotalarni xorijiy emitent bankda almashtirish transport (yo‘l), korrespondent va/yoki xorijiy bankning komission xarajatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra, yuqoridagi operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun tijorat banklari tomonidan vositachilik haqi undiriladi.

 

  Agar valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishda muammolar yuzaga kelb chiqqanda ilovada keltirilgan ishonch telefonlariga yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.

 


[1] Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom (ro‘yxat raqami 3029, 2018 yil 29 iyun)


Ishonch telefonlari

1.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

 (0 371) 200-00-44

2.

"Asaka" bank

 (0 371) 120-81-98

 

Manba: www.cbu.uz

Asakabank “Asakabank” AJ – pul mablagʻlaringizni jamgʻarish va koʻpaytirish kafolati!

1995-yildan boshlab “Asakabank” Oʻzbekiston bank xizmatlari bozorida yetakchi pozitsiyalarni mustahkam egallab kelmoqda hamda oʻz tajribasi va quvvatini har kuni oʻz mijozlarining turmushi va qulayligi uchun zamonaviy mahsulotlar va xizmatlar yaratishga safarbar etmoqda!
- Manfaatli omonatlar;
- Qulay shartlardagi kreditlar;
- Bank kartalarini ochish.

Bank sizning choʻntagingizda!
“Asakabank” mobil ilovasini oʻrnatib oling va mablagʻlaringizni uydan chiqmasdan onlayn rejimda boshqaring!
Manba: Asaka bank
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

24.12.2024

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

19.12.2024

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi



Orphus tizimi