JET: Qaysi bankda ikkilamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

SIBOS‑2025: Octobank raqamli yechimlariga xalqaro banklar qiziqish bildirmoqda

30.09.2025

2025-yil 29-sentabrda Frankfurtda moliya, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi eng yirik jahon forumlaridan biri — SIBOS 2025 boshlandi, unda Octobank eksponent maqomida ishtirok etmoqda. 

Frankfurt Main Finance ma’lumotlariga ko‘ra, bu yilgi tadbirda butun dunyodan 11 000 dan ortiq ishtirokchi va 200 ga yaqin eksponent kompaniyalarni, jumladan, global banklar, fintex, regulyator va investorlarni jamladi.

Bankuz_Octobank_Social_Photo_30092025-1.png

Forumda Octobank dunyoning yetakchi moliyaviy tashkilotlari bilan faol aloqalar o‘rnatmoqda. Xalqaro ishtirokchilar bilan hamkorlikni kengaytirish va tajriba almashishga intilib, O‘zbekistonda muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan va moliya bozori uchun salohiyatni ko‘rsatayotgan texnologik ishlanmalarni namoyish etmoqda.

Bankuz_Octobank_Social_Photo_30092025-2.png

Forumning birinchi kunida NASDAQ (AQSH), Ghazanfan Bank (Eron), Banco De Comercio e Industria (Peru), Misyon Bank (Turkiya), The Taray (Meksika) va Arab African International Bank (Misr) kabi tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bankning ishtirok dasturida — Mashreq Bank (Birlashgan Arab Amirliklari), Aktif Bank (Turkiya), Landesbank Baden-Württemberg (Germaniya), HDFC Bank (Hindiston), VakıfBank (Turkiya), Chainlink Labs (AQSH) va boshqa asosiy ishtirokchilar bilan muzokaralar ham o‘rin olgan.

Bankuz_Octobank_Social_Photo_30092025-3.png

SIBOS doirasidagi ochiq muloqot qo‘shma loyihalar va innovatsion yechimlarni joriy etish imkoniyatlarini ochib, Octobankning xalqaro maydondagi texnologik va ishonchli hamkor sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi.

Bankuz_Octobank_Social_Photo_30092025.png

Forum 2-oktyabrgacha davom etadi va raqamli to‘lovlar, sun’iy intellekt, barqaror rivojlanish, bank sohasining transformatsiyasi va kiberxavfsizlikka bag‘ishlangan 500 dan ortiq sessiyalarni o‘z ichiga oladi.



Octobank

“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.


Hozirgi paytda Bank asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratmoqda:


  • Mijozlarga xizmat ko'rsatishda bir xil yondashuvga amal qilish;
  • Xizmat ko'rsatish texnologiyalarini zamonaviylashtirib borish;
  • Xizmat ko'rsatish sifatini oshirib borish;
  • Har bir mijozga alohida yondoshgan holda standart texnologiyalarni tadbiq etib borish;
  • Shaxsiy menedjerlar xizmatlarini tashkil etish;
  • Mijoz bilan Bank bo'linmalari o'rtasida munosabatlarning samaradorligini oshirib borish;
  • O'zgaruvchan tarif siyosatini olib borish, mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini mustaxkamlash.

Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.

Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.



O'xshash yangiliklar
Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

05.09.2025

Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

19.08.2025

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

2025-yil birinchi yarim yilligi yakunlari: Octobank ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi va hamkorliklarning kengayishi

12.08.2025

2025-yil birinchi yarim yilligi yakunlari: Octobank ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi va hamkorliklarning kengayishi



Orphus tizimi