So‘m yilni ijobiy natijalar bilan boshladi

09.01.2026
Alpari tahlilchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 8-yanvar holatiga ko‘ra, o‘zbek so‘mi AQSh dollariga nisbatan muvaffaqiyatli mustahkamlanmoqda. Hozirda bir dollar 11 980 so‘mni tashkil etmoqda. Bu shuni anglatadiki, 25-dekabrdan bugungi kunga qadar so‘m qiymati 0,68% ga oshgan.

2025-yil davomida so‘m dollarga (USD) nisbatan deyarli 7% ga mustahkamlandi.

2025-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 43,1 mlrd dollarga yetdi, ya’ni yillik nisbatda 24% ga o‘sdi. Sarmoyalar oqimining asosini 38,2 mlrd dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etdi, yana 4,9 mlrd dollar esa xalqaro moliya institutlari tomonidan ta’minlandi. Xitoy, Rossiya, Turkiya, shuningdek, Saudiya Arabistoni va BAA eng yirik investorlarga aylandi. Investitsiyalarning o‘sishi ishbilarmonlik muhiti yaxshilangani va global biznesning ishonchini aks ettiradi: mamlakat bozoriga Volkswagen, Alshaya Group, Citi, Franklin Templeton, Sojitz kabi kompaniyalar, shuningdek, agrosanoat majmuasi (ASМ), tibbiyot sektori va logistika sohalariga yangi ishtirokchilar kirib keldi.

Shu bilan birga, ichki iqtisodiy optimizm ham kuchaydi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, aholining qariyb uchdan ikki qismi kelgusi yilda daromadlari o‘shishini kutmoqda. Eng yuqori ishonch savdo va media sohalarida kuzatilmoqda, bu yerda ichki aylanmaning o‘sishi va raqamlashtirish asosiy turtki bo‘lmoqda.

Umuman olganda, kapital oqimi, infratuzilma loyihalari va xonadonlarning ijobiy kutilmalari iqtisodiy faollik uchun barqaror baza shakllantirmoqda va so‘m barqarorligini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Yanvar oyining kelgusi haftasida dollar/so‘m juftligi 11 940–12 100 so‘m oralig‘ida harakatlanishi kutilmoqda.
O'xshash yangiliklar
Toshkentda oltinchi bor «Digital Uzbekistan» xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tadi
Toshkentda oltinchi bor «Digital Uzbekistan» xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tadi

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi



Orphus tizimi