Xalq bankining xorijiy hamkorlari safiga “Sovkombank” ham qo‘shildi! Rossiya moliya bozorida yetakchilardan biri hisoblangan ushbu muassasa aktivlari 1,5 trln. rublga teng. 2334 ta filial va mini-ofisi mavjud. 17 ming nafar xodimi bor. Shu ma’noda, u — Xalq banki uchun munosib moliyaviy sherik.
Bugun ikki bank o‘rtasida kredit shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra, “Sovkombank” Xalq bankiga o‘zbek milliy valyutasida 418,9 mlrd. so‘m miqdorida, ya’ni 40 mln. AQSH dollari ekvivalentida kredit ajratishi ko‘zda tutilgan.
Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan “INNOPROM. O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi” doirasida tashkil etilgan kredit shartnomasini imzolash marosimida “Sovkombank” Boshqaruvi raisi Dmitriy Gusev va Xalq banki Boshqaruvi Raisi Farhod Salamov ishtirok etdi.
Bank Axborot xizmati
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
“Sovkombank” Xalq bankiga o‘zbek milliy valyutasida kredit ajratadi