JET: Kartadan kartaga 200 million so'mni komissiyasiz o'tkazish mumkinmi? Batafsil

“SQB Securities” to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar jalb qilishning yangi yo‘nalishlarini amalga tatbiq qilmoqda

17.04.2021
“SQB Securities” to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar jalb qilishning yangi yo‘nalishlarini amalga tatbiq qilmoqda
“SQB Securities” to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar jalb qilishning yangi yo‘nalishlarini amalga tatbiq qilmoqda
    Bugun, joriy yilning 16 aprel' kuni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB qoshida tashkil etilgan “SQB Securities” kompaniyasi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalari bilan tanishtirish, shuningdek, kompaniya faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikka ma'lumot berish maqsadida Toshkent shahridagi ishlab chiqarish ob'ektlariga press-tur uyushtirildi.
Prezidentimizning 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasidaiqtisodiy o‘sishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investisiyalarni ko‘paytirish orqali erishilishini ta'kidlab, investisiya siyosatini yuritishda davlat ishtirokini pasaytirish hamda xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar ulushini oshirish lozimligini qayd etgan edi. 
     “SQB Securities” investisiya kompaniyasi bugungi kunda kapital bozorida turli innovasion yechimlar, mahsulot va xizmatlarni tatbiq etib, yirik sanoat korxonalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining xalqaro moliya bozoriga chiqishiga ko‘maklashmoqda.
Investision vositachi, konsul'tant, shuningdek, investision aktivlarning ishonchli boshqaruvchisi sifatida kompaniya ham mahalliy, ham xalqaro moliya institutlari bilan investisiya-bank sohasida sherikchilik aloqalarini mustahkamlamoqda.
    Bu, o‘z navbatida, mamlakatimizda ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun global hamkorlik platformasida kredit liniyalari, maslahatlar, aktivlarni boshqarish, investisiyaviy bitimlar va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda strategik hamkorlikni ta'minlashga xizmat qilmoqda.
Respublikamizdagi yirik farmasevtika ishlab chiqaruvchilaridan biri – “Nika pharm” mas'uliyati cheklangan jamiyati bugungi kunda “SQB Securities” ko‘magida ana shunday imkoniyatga ega bo‘lgan korxonalar sirasiga kiradi.
Unga investisiya kompaniyasi sa'y-harakatlari bilan Osiyo taraqqiyot bankidan (OTB) 3 mln. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit jalb etildi.
    Ushbu mablag‘ hisobiga korxonaning “Covid19” kasalligini davolashda qo‘llanilayotgan 20ga yaqin turdagi dori vositalarini ishlab chiqarishni kengaytirishga doir loyihasi moliyalashtirildi.
Bundan tashqari, korxonaning OTB tekshiruvidan muvofaqqiyatli o‘tib, mijoziga aylanishi uning nafaqat arzon kredit liniyasidan foydalanishini ta'minladi, balki boshqa nufuzli xalqaro moliya muassasalar nazariga tushib, kelgusida yana jahon kapital bozoridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya olishiga keng yo‘l ochdi.
Ta'kidlash joizki, “SQB Securities” investisiya kompaniyasi, shuningdek Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB), Islom taraqqiyot banki (ITB) kabi boshqa xalqaro moliya tashkilotlari hamda jamg‘armalardan qarz, kredit yoki ulush ko‘rinishida moliyalashtirishni jalb etib, korxonalarning moliyaviy salohiyatini oshirishga har tomonlama yordam ko‘rsatadi. 
     Jumladan, 2020 yilda kompaniya YeTTB bilan hamkorlikda Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik va o‘rta biznesga moliyaviy vositalardan to‘g‘ri va unumli foydalanishda konsalting xizmatlarini ko‘rsatib, maxsus dasturlar asosida treninglar o‘tkazdi.
Joriy yilda esa, ITB guruhiga kiruvchi Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan O‘zbekistonga Islom moliyasini olib kirish va rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzolab, birgalikda xususiy sektordagi korxonalar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Press-tur davomida OAV xodimlari “Nika pharm” korxonasining yangi quvvatdagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi. “SQB Securities” investisiya kompaniyasi vakillaridan yaqin istiqboldagi rejalar xususida o‘rtoqlashishdi.
     Ma'lumot uchun. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB qoshida tashkil etilgan “SQB Securities” investisiya kompaniyasi Toshkent fond birjasida sotiladigan aksiyalar va obligasiyalarni targ‘ib qilish va sotish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligining lisenziyasiga ega.
O‘z faoliyatini 2020 yil mart oyida boshlagan kompaniya, shuningdek  investision banking, investision loyihalar uchun sindikatlashgan kreditlashni tashkil qilish, korporativ boshqaruvni amalga oshirish, modernizasiya qilish va qo‘llab-quvvatlash, investision aktivlarini ishonchli boshqarish, loyihalarni moliyalashtirish hamda birlashtirilgan moliyalashtirish turlarini tashkil etish kabi xizmatlarni ko‘rsatadi.                                                                                                                                                                                              Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.
Manba: Sqb.uz
O'xshash yangiliklar
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

04.07.2024

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

02.07.2024

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi



Orphus tizimi