«Standard&Poor’s»: bank tizimi ijobiy o‘sish namoyon etmoqda

09.06.2016


Mamlakatda olib borilayotgan samarali iqtisodiy siyosat va tarkibiy o‘zgarishlar, xususan bank tizimini izchil va aniq maqsad sari isloh qilish bank-moliya sektorini barqaror rivojlantirishning mustahkam poydevori bo‘lib qoldi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki «Standard&Poor’s» xalqaro reyting agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston tijorat banklarining xalqaro reyting olishi va qayta tasdiqlanishi masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yillik konferensiyani tashkil etdi.

Anjumanda tijorat banklari, kredit tashkilotlari bilan hamkorlik qiluvchi xalqaro va mahalliy auditorlik kompaniyalarining uch yuzdan oshiq rahbar va mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Ushbu tadbir mamlakatimiz Prezidentining 2015 yil 6 maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash doirasida tashkil etildi.

Konferensiya davomida «Standard&Poor’s» tahlilchilari suveren kredit reytingini yuqori ko‘tarishning istiqbollari, xalqaro banklarning kreditlashdagi asosiy shartlari, shuningdek, bank tizimining iqtisodiy va sohaviy tavakkalchiliklarga ta'siri masalalariga bag‘ishlangan taqdimotlari namoyish etildi.
Bundan tashqari, ekspertlar bank tizimining O‘zbekiston iqtisodini rivojlantirishdagi ahamiyati xusuvsida o‘z baholarini bildirdilar va yalpi ichki mahsulotning yuqori o‘sish sur'atlari banklarning iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmini oshirishi bilan bog‘liqligini qayd etdilar. 

Anjuman davomida ishlab chiqilgan xulosa va takliflar respublika bank tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, tijorat banklarining faoliyatini yetakchi reyting agentliklarining standartlari va baholash ko‘rsatkichlari asosida baholash tizimini va yondashuvlarni takomillashtirishga yordam beradi va bank faoliyatini xalqaro tajribalarga mos ravishda tashkil etishga sharoit yaratadi.


Manba: www.cbu.uz


BRB
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi