JET: Qaysi avtomobillarni muddatli to'lovga olish mumkin? Batafsil

Standard & Poor's "Kapitalbank" ning kredit reytingini oshirdi

09.04.2021
Xalqaro agentlik "Kapitalbank" ATB "Pozitiv" prognozi bilan B- / B darajasigacha qayta ko'rib chiqdi: bank pandemiyaga qaramay, yaxshi ko'rsatkichlarni namoyon qilgan kam sonli banklardan biriga aylandi, deb xabar berdi S&P Global Ratings. «Biz bankning daromad manbalarini diversifikatsiyalash va operatsion faoliyat samaradorligini oshirish orqali moliyaviy natijalarni yaxshilashga qaratilgan sa'y-harakatlarini inobatga olgan holda "Kapitalbank" ning reytingi bo'yicha prognozni "Barqaror" dan "Pozitiv" darajagacha qayta ko'rib chiqdik. Bundan tashqari, biz bank chakana savdo va korporativ segmentda biznesning hisob-kitob kassa va tranzaksiya yo'nalishini rivojlantirishda davom etayotganini, avvalgidek jismoniy shaxslarni kreditlash bilan ta'minlash bo'yicha ixtisoslashayotganini va kapitalni oqilona boshqarishda davom etayotganini ta'kidlab o'tamiz », - deyildi S&P Global Ratings da. "Kapitalbank" kredit portfelining o'sishi 2020-yilda taxminan 50% ni tashkil etdi, xususiy kapital rentabelligi (ROE) 17% dan oshdi - bu bank uchun so'nggi ikki yil ichida rekord ko'rsatkich. Depozitlar bank resurslarining asosiy qismini, ya'ni taxminan 97% ini tashkil etadi, chakana depozitlarning qariyb 11% i bank hissasiga to'g'ri keladi - bu yirik davlat banklari ko'rsatkichlari bilan taqqoslangan natijadir. "Kapitalbank" yetarli likvidlik zaxiralariga ega. Bizning prognozlarimizga ko'ra, bankning kreditga layoqatliligi 12 - 18 oy ichida yaxshilanishi mumkin. Agar bank kapital zaxirasini saqlab qolgan va aktivlar sifatini saqlashda davom etgan holda barqaror daromad ko'rsatkichlarini namoyish etishda va uning rivojlanish strategiyasiga muvofiq biznes hajmini oshirishda davom etsa, bu amalga oshishi mumkin», - deya xulosa qildi Standard & Poor's.
Kapitalbank Kapitalbank aksiyadorlik tijorat banki 2001-yilda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda Kapitalbank ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.
Manba: Kapitalbank
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar



Orphus tizimi