JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

Sug’urta tashkilotlari

20.07.2020

Sug‘urta kompaniyalari qanday ishlaydi?

“Men sug‘urta to‘lovlari tufayli xonavayron bo‘lgan oilalarni bilmayman, lekin to‘lovlar qilinmaganligi sababli xonavayron bo‘lgan oilalarni bilaman.”
Uinston Cherchil

Sug‘urta nima uchun kerak?

Sug‘urta – mol-mulk, sog‘liq yoki hayot, biznes, va qiymatga ega bo‘lgan boshqa yo‘nalishdagi xatarlarning moliyaviy himoyasidir. Sug‘urta majburiy yoki ixtiyoriy bo‘ladi.

Misol sifatida, avtomobil sug‘urtalashni ko‘rib chiqamiz:

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish:

04ru
  • birovning avtomobiliga zarar yetkazilganda javobgarligingizni sug‘urta qiladi;
  • jabr ko‘rgan begunoh shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash tartibi bo‘yicha g‘amxo‘rlik qilish orqali muhim ijtimoiy rolga ega;
  • avtomobilning quvvati va foydalanish hududiga qarab belgilangan hamda sug‘urta to‘lovining qat’iy miqdoriga ega.

Avtomobilni ixtiyoriy sug‘urta qilish (KASKO):

  • yo‘llar, avtomobillar turargoxi va boshqa joylarda har qanday yo‘l hodisalari tufayli avtomobilingizga yetkazilgan zararni sizning aybingiz bo‘lganligi yoki bo‘lmaganligidan qat’iy nazar qoplashni ta’minlaydi;
  • avtomobil egalarining mulkiy huquqlarini himoyalash va qo‘riqlash orqali ularning shaxsiy manfaatlari himoyasida turadi;
  • polis narxi turli tashqi o‘zgaruvchan omillarga qarab belgilanmaydi;
  • sug‘urta qoplamasi sug‘urta shartnomasining miqdoriga bog‘liq, ammo sug‘urtalangan transport vositasining to‘liq qiymatidan oshib keta olmaydi.

Sug‘urtalashni kim amalga oshiradi?

O‘zbekistonda sug‘urta bozori regulyatori Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi bo‘lib, sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari faoliyatini Litsenziyalaydi, sug‘urta to‘lovlarining normativlari va mexanizmlarini, hamda ularni hisoblash tartibini ishlab chiqadi.

Sug‘urta bozorining ikki asosiy ishtirokchisi mavjud: sug‘urta qiluvchi va sug‘urta qildiruvchi.

Sug‘urta qiluvchi – risklarni o‘ziga oluvchi va sug‘urta kompensatsiyasini to‘lovchi kompaniya.

Sug‘urta kompaniyalari – jismoniy (fuqarolar) va yuridik shaxslar (korxonalar) xatarlarini tuzilgan shartnoma asosida sug‘urtalovchi moliyaviy tashkilotning maxsus turi.

Bugungi kunda O‘zbekiston sug‘urta bozorida 20 dan ortiq sug‘urta kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Sug‘urta qildiruvchi - sug‘urtani qabul qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.

05Sug‘urta bozori ishtirokchilari sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi agent va broker kabi vositachilarsiz faoliyatlarini yurita olmaydilar. Ular sug‘urta mukofotining muayyan ulushini komissiya (xizmat haqqi) sifatida oladilar (sug‘urta qildiruvchi shartnoma bo‘yicha beradigan badal).

Agentlar litsenziyaga muhtoj emas, ular sug‘urta kompaniyasi nomidan ish yuritadi, va albatta uning manfaatlarini himoya qiladilar.

Brokerlar litsenziyaga ega bo‘lishlari va mustaqil ishlashlari kerak, ya'ni turli xil sug‘urta kompaniyalarni taklif qilish orqali mijozning ehtiyojlarini optimal darajada qondiradilar.

Sug‘urta zaxirasini ko‘paytirish uchun sug‘urta kompaniyalari sug‘urta qildiruvchilarning mablag‘larini taqsimlash bilan shug‘ullanadilar. Sug‘urta kompaniyasining daromad manbai uning investision faoliyati hisoblanadi. U yig‘gan pul mablag‘lari, kelgusi to‘lovlar uchun mo‘ljallangan sug‘urta zaxiralarining miqdori hisoblanadi. Bu pul mablag‘larini sarflash mumkin emas, lekin ularni daromad olish maqsadida omonatlar sifatida banklarda joylashtirish orqali ishlatish mumkin.

Sug‘urta kompaniyalari tomonidan qanday sug‘urta turlari taqdim etiladi?

Sug‘urta kompaniyalari tomonidan aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan asosiy xizmatlaridan biri:

  • Transport vositalarini sug‘urtalash;
  • Tibbiy sug‘urta;
  • Yuklarni sug‘urtalash;
  • Ipoteka sug‘urtasi;
  • Mol-mulkni sug‘urtalash va boshqalar.

Sug‘urta kompaniyasini tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak?

Litsenziya. Sug‘urta kompaniyasining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yoki yo‘qligini tekshiring. Buni O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar Portali saytida amalga oshirish mumkin. "Sug‘urta qiluvchi va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun amaldagi litsenziyalar reestri" jadvalini ko‘rib chiqing.

Tariflar. Sug‘urta tariflari qonun hujjatlarida belgilangan talablarga javob berishi kerak. Juda past tariflar firibgarlik belgisi bo‘lishi mumkin. Polisning taxminiy qiymati sug‘urta kompaniyalari veb-saytlarida onlayn-kal'kulyator orqali hisoblanishi mumkin. Turli kompaniyalar xarajatlarini hisoblab va natijalarini solishtirib ko‘ring. E'tibor bering: shartnomada nazarda tutilgan risklar qancha ko‘p bo‘lsa, sug‘urta narxi shuncha yuqori bo‘ladi.

Shartlar. Sug‘urta shartlarini diqqatlik bilan o‘qib chiqing. Sug‘urta polisidan tashqari sug‘urta shartnomasini albatta ko‘rib chiqing. Sug‘urta hodisasi belgilari keltirilgan bandiga alohida e'tibor bering. Sug‘urta nimalarni qoplamasligini bilib oling. Turli vaziyatlarda zararni qoplash tartibini aniqlashtirishni unutmang va kompensatsiya to‘lash muddatlari haqida so‘rang.

Manba: finlit.uz
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

24.12.2024

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

19.12.2024

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi



Orphus tizimi