JET: Oltin quymalarini qanday sotib olish mumkin? Batafsil

Surxondaryoda 124 oilaga ipoteka krediti ajratildi

05.05.2021

Yurtimizda aholini ijtimoiy himoya qilish, kam ta’minlangan, uy-joyga muhtoj shaxslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator imkoniyatlar yaratilmoqda. Shulardan biri turar joy olmoqchi bo‘lgan fuqarolarga imtiyozli ipoteka kreditlari asosida davlat byudjetidan subsidiyalar berilayotganidir. Bu jarayonda esa, albatta, tijorat banklarining roli muhim. Ya’ni moliya muassasalari fuqarolarga o‘zlarining qulay xizmatlarini taqdim etmoqda. Ayni maqsadda aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Surxondaryo viloyati filiali tomonidan ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra mazkur moliya muassasasi tomonidan 251 nafar fuqaroga 31 mlrd. 155 mln. so‘m ipoteka krediti ajratilgan. Shundan 62 nafar fuqaroga 14 mlrd. 81 mln. so‘m miqdorida subsidiya to‘lab berilgan.

– Hozirgi kunda ipoteka kreditlari 18 foizdan ajratilayotgan bo‘lsa, subsidiya olgan fuqarolar uning 10 foizini to‘laydi. 8 foizini esa birinchi besh yillikda davlat tomonidan to‘lab berilishi joriy qilingan, — deydi aksiyadorlik tijorat Xalq banki “Chakana xizmatlar” bo‘limi xodimi Oybek Qurbonov. –  Subsidiya olmoqchi bo‘lgan fuqarolarning murojaatlari davlat xizmatlari agentligi tomonidan qabul qilinadi. Agentlik tomonidan arizalar kerakli tijorat banklariga yo‘naltiriladi. Shunga asosan murojaatlarga 15 kun ichida ipoteka kreditini olishga loyiq yoki loyiq emas degan mazmunda javob beriladi. Biz 15 kunni kutmasdan fuqarolar murojaatlarini 1-3 kun ichida o‘rganib, xalqqa tezroq xizmat ko‘rsatish harakatidamiz.

Aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Surxondaryo viloyatidagi tuman va shahar filiallari tomonidan 2021-yilning shu davriga qadar 124 ta oilaga 28 mlrd. 920 mln. so‘mlik ipoteka kreditlari ajratilgan. O‘tgan to‘rt oy davomida 73 nafar fuqaroga 17 mlr. 227 mln. so‘m miqdorida subsidiya mablag‘lari to‘lab berilgan. Bu orqali esa ko‘plab insonlar o‘zining boshpanasiga ega bo‘ldi.

Termiz shahri “Chegara” mahallasida yashovchi Robiya Toshmurodova ham ana shunday imtiyozga ega bo‘lgan fuqarolardan. Qahramonimiz aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Surxondaryo filiali yordami bilan joriy yilda 2 xonali kvartiraga ega bo‘ldi.

– Prezidentimiz tomonidan subsidiya asosida beriladigan uylardan biriga ega bo‘ldim. Surxondaryo viloyati Xalq banki tomonidan bizga ikki xonali uy berildi. Subsidiya asosida uy olish uchun “Chegara” mahallasiga murojaat qilgan edim. Ular davlat xizmatlari agentligiga yo‘naltirishdi. Hozirda kredit foizining 10 foiz qismi subsidiya asosida to‘lab berilmoqda. Bu bizga to‘lovni amalga oshirish uchun bir muncha yengillik bo‘lmoqda. 

Xalq banki tomonidan bu boradagi ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Bank Axborot xizmati

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar



Orphus tizimi