Svetlana Xe Uzum Bank Boshqaruv raisiga aylanadi

07.02.2025
Uzum Bank Kuzatuv Kengashining yig‘ilishida yangi Boshqaruv raisi tayinlandi. Uzum Bank'ga bundan buyon Svetlana Xe rahbarlik qiladi. U ish faoliyatini Markaziy bank bilan kelishilgandan so‘ng boshlaydi. 

Bunga qadar Boshqaruv raisi bo‘lib kelgan Aleksandr Filippovich Uzum Fintech servislarini rivojlantirish bo‘yicha direktor lavozimida qoladi. 

Svetlana Xe bank sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega. U Uzum Bank'ga o‘tishdan oldin Yangi Bank boshqaruv raisi, Octobank va Kapitalbank'da rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan. 

Svetlananing tajribasi moliyaviy mahsulotlarni kengaytirishga yordam beradi. Bu esa millionlab bank mijozlari pul mablag‘larini onlayn tarzda yanada tez, oson va ishonchli boshqara olishini bildiradi.
Uzum Bank Uzum Bank — Uzum milliy raqamli ekotizimiga tegishli internet-bank. Uzum Bank yordamida millionlab foydalanuvchilar o‘z pul mablag‘larini boshqaradi: tovarlar, xizmatlar va maishiy to‘lovlarni to‘laydi, xaridlardan keshbek oladi, pul o‘tkazadi va naqd pul yechib oladi. Uzum Nasiya bilan integratsiya bank mijozlariga muddatli to‘lov va mikroqarzlar uchun 25 million so‘mgacha limitdan foydalanish hamda qulay toʻlov qilish imkoniyatini ta’minlaydi, Uzum Market va Uzum Tezkor bilan integratsiya esa Uzum ekotizimiga qarashli servislardan  qo‘shimcha bonuslar va afzalliklarni taqdim etadi. 
O'xshash yangiliklar
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

16.04.2026

Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor



Orphus tizimi