Tadbirkor bo‘lmoqchimisiz? Avval sertifikat oling, keyin imtiyozli kredit!

05.03.2021

Bugun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, aksiyadorlik tijorat Xalq banki hamda “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi o‘rtasida uch tomonlama memorandum imzolandi.

Bu ezgu tashabbus aynan 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida ro‘yobga chiqarilgani bejiz emas. Chunki ushbu hujjat jamiyatda xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy huquqlari va imkoniyatlarini yanada kengaytirish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi.

Memorandumga ko‘ra, tomonlar bozor munosabatlarida xotin-qizlarning munosib ishtirok etishlari uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi. Xususan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi xotin-qizlarni tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida ish qidiruvchi yoki ishsiz sifatida o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olishni tashkil etadi.

Bundan tashqari, “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi bunday xotin-qizlarni qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitishni moliyalashtiradi. Binobarin, o‘quv kurslarini tashkil qilishda va o‘tkazishda Assotsiatsiyaga amaliy-tashkiliy yordam ko‘rsatadi.

“Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi esa  tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantiruvchi qisqa o‘quv kurslari, o‘quv rejalari va dasturlarini tayyorlaydi, mashg‘ulotlarni tashkillashtiradi, tadbirkorlik va biznes asoslari bo‘yicha qo‘llanmalarni nashr qiladi. O‘qish yakunida ishtirokchilarga qobiliyatlariga qarab sertifikatlar beradi.

— Mazkur kelishuvga muvofiq, moliya muassasamiz yuqoridagi toifaga mansub opa-singillarimiz ro‘yxatini shakllantiradi va o‘quv kurslarida ishtirok etishlari uchun  Aholi bandligiga ko‘maklashuvchi markazning tuman bo‘limlariga taqdim etadi, — deydi Xalq banki Boshqaruvi Raisining xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rinbosari Gulzoda Rashidova.  — Navbatdagi bosqichda o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganlarga imtiyozli shartlar asosida kreditlar ajratadi.

 

Bank Axborot xizmati

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi