Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

Tadbirkor oilalar soni 33 mingga ko‘paydi

21.04.2021

Inson borki, topar-tutari yaxshi, dasturxoni to‘kin, turmushi farovon bo‘lishini istaydi. Orzu-havasimga yetsam, farzandlarim baxtu kamolini ko‘rsam deydi. Buning uchun albatta xorijga chiqib, begona yurtlarda ishlash shart emas. Xohish bo‘lsa, ona zaminda ham hunarni ishga solib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish orqali ko‘zlangan maqsadga yetish mumkin.

Bugun yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlarning asosiy muddaosi ham aynan ishsizlik masalasiga barham berish, tadbirkorlikni rivojlantirish va bu orqari aholi turmush darajasining farovonligini ta’minlashga qaratilmoqda. Bu borada, eng avvalo, kichik biznes sub’yektlarini tashkil qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish va tadbirkorlik faoliyati turlarini keng ommalashtirish hamda har bir oilaning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor berilmoqda.

Albatta, ushbu jarayonlarda aksiyadorlik tijorat Xalq banki ham munosib ishtirok etyapti. Binobarin, 2020-yil yakunlari bo‘yicha “Har bir oila — tadbirkor”  dasturi doirasida moliya muassasasi tomonidan qariyb 70 mingga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarga 1 trln. 798 mlrd. 569 million so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan bo‘lsa, joriy yilning hozirgi davriga qadar 33 ming 838 nafar mijozga 783 mlrd. 489 million so‘m imtiyozli kreditlar berildi.

— Iqtisodiyotni isloh qilish va aholi daromadlarining yuqori darajasini ta’minlashda kichik biznesning o‘rni  katta, — deydi Kichik biznes va tadbirkorlikni kreditlash departamenti direktori Muhammadshokir Yusupov. — Shu bois “Har bir oila — tadbirkor”  dasturi asosida tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholining tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda ishbilarmonlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda barcha mavjud imkoniyatlarimizni ishga solyapmiz.

Xususan, 2021-yilning mart oyi yakunlari bo‘yicha Xalq banki tomonidan “Har bir oila — tadbirkor”  dasturi asosida 49 ming 689 ta istiqbolli loyiha uchun ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik, issiqxona, meva-sabzavotchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik, parrandachilik singari sohalarda faoliyat yuritishga  imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada esa qariyb 50 mingga yaqin kishining bandligi ta’minlandi.

Samarqand viloyatining Payariq tumani Bahrin qishlog‘ida yashovchi Feruza Yusupova  moddiy manfaatdorligi ta’minlangan ana shunday insonlardan.

— Tadbirkorlikka anchadan buyon qiziqaman, — deydi u. — Lekin mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish uchun ishtiyoq u qadar kuchli emasdi. Koronavirus pandemiyasi ro‘zg‘orga keladigan daromadlarimizni cheklab qo‘ygani bois, oiladagilar bilan kengashib, asalarichilik bilan shug‘ullanishga qaror qildik. Buning uchun esa Xalq bankidan 20 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit oldim. Muhimi, oila a’zolarimning bandligi ta’minlandi.  Hozirda hududimiz aholisining asal va asal mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondiryapmiz. Daromadimiz yomon bo‘lgani yo‘q. Qozonimiz ham, cho‘michimiz ham moy ko‘ryapti. Kelgusida oilaviy tadbirkorligimiz yo‘nalishini yanada kengaytirmoqchimiz. 

Umuman olganda, aksiyadorlik tijorat Xalq banki nafaqat tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirishga, balki hududlardagi ishsizlik masalasiga barham berishga va bu orqali xalqimiz turmush darajasini yaxshilashga salmoqli hissa qo‘shyapti.

Bank Axborot xizmati.

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi