JET: O‘zbekistonda Binance birjasidan qanday foydalanish mumkin? Batafsil

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

06.04.2017


2017 yil 6 aprel kuni Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida tadbirkorlar va fermerlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirda mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari, ATB “Qishloq qurilish bank”, ATB “Hamkorbank” va O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakillari ishtirok etishdi.

          Bir piyola choy ustida, ortiqcha rasmiyatchilikdan xoli shaklda tashkil etilgan ochiq muloqotda Sharof Rashidov tumanida kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, tadbirkorlar va fermerlarga xalal berayotgan to‘siqlar va muammolar, tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishda tadbirkorlar imkoniyatlaridan keng foydalanish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

          Ochiq muloqotda so‘zga chiqqan Sharof Rashidov tumani hokimi S.Ismoilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati E.Xolbo‘taev, ATB “Qishloq qurilish bank” boshqaruvi raisi o‘rinbosari G‘.Abdurahmonov va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan muhim chora-tadbirlar belgilanganini va qo‘shimcha keng qulayliklar yaratilganini ta’kidladilar.

       Tadbirda Sharof Rashidov tumanida tadbirkorlikni va fermerlikni rivojlantirish borasida foydalanilmayotgan imkoniyatlar mavjudligi, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatida sansalorlik, ortiqcha byurokratiyaga berilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi qayd qilindi va tadbirkorlar va fermerlar ishtirokida yangi biznes loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

         ATB “Qishloq qurilish bank” va ATB “Hamkorbank” vakillari kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari uchun ajratilayotgan kreditlar, ularni ajratish tartiblari bo‘yicha axborot berishdi va mazkur tijorat banklari tomonidan Sharof Rashidov tumanida tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish rejalashtirilganligi ma’lum qilindi.

        Ochiq muloqotda tumanda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qator takliflar o‘rtaga tashlandi. Bir guruh tadbirkorlar va fermerlar tijorat banklari moliyaviy ko‘magida yangi biznes loyihalarni amalga oshirish tashabbuslarini bildirishdi.

 

BRB
O'xshash yangiliklar
Svetlana Xe Uzum Bank Boshqaruv raisiga aylanadi

07.02.2025

Svetlana Xe Uzum Bank Boshqaruv raisiga aylanadi

Foreks alifbosi

03.02.2025

Foreks alifbosi

Visa versiyasi bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi bank-ekvayeri, 100 mingdan ortiq ochilgan virtual kartalar va Octobankning 2024-yildagi boshqa yutuqlari

03.02.2025

Visa versiyasi bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi bank-ekvayeri, 100 mingdan ortiq ochilgan virtual kartalar va Octobankning 2024-yildagi boshqa yutuqlari



Orphus tizimi