JET: Qaysi banklar eng yuqori foizli va to'ldiriladigan omonatlarni taklif qilmoqda? Batafsil

“Qishloq qurilish banki”ga tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashi uchun yangi kredit liniyasini ajratishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

10.06.2020

    Xalqaro iqtisodiy hamkorlik banki “Qishloq qurilish bank”ga tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashi uchun yangi kredit liniyasini ajratishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

     ATB “Qishloq qurilish banki” mijozlarga, jumladan faoliyati eksport-import amaliyoti bilan bog‘liq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatini kengaytirish maqsadida xalqaro hamkorlikni muntazam yaxshilashga harakat qilmoqda.

       Xususan, joriy yilning 13 mart kuni bosh idorasi Moskvada joylashgan Xalqaro iqtisodiy hamkorlik banki bilan moliyalashtirish to‘g‘risida kelishuvga imzo chekilgan edi. Kelishuv shartlariga muvofiq, kredit liniyasi mablag‘lari XIHBning a’zo-mamlakatlari, ya’ni Rossiya, Bolgariya, Sloveniya, Vetnam, Mo‘g‘uliston, Polsha, Ruminiya va Chexiya singari mamlakatlarda sanoat mahsulotlari, uskunalar, transport va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, shuningdek ish va xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

       Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan bunday korxona va tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash butun dunyoda koronavirus epidemiyasi rivojlanib borishidan ko‘plab xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari aziyat chekayotgan vaqtda, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, bu mablag‘lar hisobiga ish o‘rinlari saqlanib qoladi. Bu esa ham aholi, ham iqtisodiyot uchun samaralidir.

       XIHB xalqaro moliya instituti hisoblanib, asosiy faoliyati XIHBga a’zo-mamlakatlarning barqaror rivojlanishi hamda iqtisodiy o‘sishiga ko‘mak ko‘rsatishdan iborat. Tashkilotga 1963 yilda asos solingan. Bank a’zo-mamlakatlarda eksport-import operatsiyalari rivojlanishini kreditlar ajratish va sinditsiyalashtirilgan kreditlash bitimlarida ishtirok etish orqali qo‘llab-quvvatlaydi.

BRB
O'xshash yangiliklar
 Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

01.07.2025

Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

 Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

30.06.2025

Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

24.06.2025

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda



Orphus tizimi