JET: Hamster Kombat savdosi boshlandimi? Batafsil

Tadbirkorlikni mikrokreditlash tizimi soddalashtiriladi

27.03.2017


Mamlakatimiz Prezidenti “Tadbirkorlik sub'yektlarini va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.

Hujjat tadbirkorlik sub'yektlari va barcha aholi qatlamining imtiyozli mikrokreditlardan keng foydalanishini ta'minlash, shuningdek, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini rag‘batlantirish yo‘li bilan aholi bandligini yanada oshirishga qaratilgan.

Qaror yangi ro‘yxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) va oilaviy tadbirkorlik sub'yektlariga (OTS) mikrokreditlar ajratish mexanizmini soddalashtirishni joriy etishni ko‘zda tutadi. Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs tashkil etmagan YATT va OTSlarga faoliyatini amalga oshirish uchun olingan tovarlarni garov sifatida hisobga olgan holda eng kam ish haqining (EKOIH) 20 barobarigacha miqdorda mikrokreditlar ajratiladi.

Yangi davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxs tashkil etmagan YATT va OTSlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun EKOIHning 60 barobarigacha miqdorda mikrokreditlar kreditlashga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta'minot turlari bilan bir qatorda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatlari doirasida kafilligi asosida ajratishni kengaytirish.

2021 yil 1 yanvarga qadar mazkur qarorga ilova etilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan yangi ro‘yxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan YATT va OTSlar mikrokreditlarni rasmiylashtirishda 6 oy muddatga qat'iy belgilangan soliq to‘lovlaridan ozod etiladi. Maboda nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadigan qat'iy belgilangan soliq to‘lovchilar ular davlat ro‘yxatiga olingan kundan e'tiboran 12 oy ichida tugatilsa yoki 3 yoxud undan ko‘p oy muddatga faoliyatini to‘xtatsa, faoliyat ko‘rsatgan davri uchun qat'iy belgilangan soliqlarni to‘laydi.

Joylardagi davlat hokimiyati organlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalariga tijorat banklari krediti hisobidan sotib olinadigan qoramol, qo‘y-echki, quyon, parranda, baliq, asalari uyasi, mevali daraxt va tok ko‘chatlari, urug‘, mineral o‘g‘it, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, maishiy texnika, uskunalar, qurilish materiallari va boshqa tovarlarni hech qanday cheklovlarsiz naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan yetkazib berishni tashkil etishga ko‘maklashish vazifasi topshirildi. Bir oy muddatda hududdagi joriy holatni tanqidiy tahlil qilish asosida tegishli qishloq xo‘jaligi tovarlari, maishiy texnika, uskunalar, qurilish materiallari va boshqa turdagi mahsulotlar yetkazib berishga ixtisoslashtirilgan xo‘jalik sub'yektlarini tashkil etiladi.

Qarorda 47 ta uzoq va borish qiyin hamda ortiqcha mehnat resurslariga ega bo‘lgan tumanda yangidan tashkil etilgan YATT va OTS uchun tijorat banklarining Imtiyozli kreditlash jamg‘armasi hisobidan EKOIHning 100 baravarigacha miqdorida kreditlar ajratish belgilandi.

Markaziy bankka bir oy muddatda yuqorida ko‘rsatilgan mikrokreditlarni ajratishning soddalashtirilgan tartiblarini tasdiqlash tavsiya qilindi.

Манба: www.cbu.uz  


BRB
O'xshash yangiliklar
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

04.07.2024

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

02.07.2024

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi



Orphus tizimi