Tayinlov

14.08.2020

Umarova Sanobar Rasul qizi “Аsaka” aksiyadorlik tijorat banki raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʼyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
 
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq ushbu lavozimga tayinlov Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga koʼra amalga oshirildi. 
 
Sanobar Umarova Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tugʼilgan. 2013 yilda Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti Siyosatshunoslik fakultetining bakalavr bosqichini, 2016 yilda Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat yoʼnalishi boʼyicha magistratura bosqichini tamomlagan. 
 
Mehnat faoliyati davomida 2015 – 2018 yillar “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki, Oʼzbekiston Respublikasi milliy teleradiokompaniyasi, “Toshkent” telekanali yangiliklar muxbiri va boshlovchisi lavozimida ishlab kelgan.
 
2018-2020 yillarda “Аgrobank” aksiyadorlik tijorat banki matbuot xizmati boshligʼi lavozimida samarali mehnat qilgan.

Asakabank “Asakabank” AJ – pul mablagʻlaringizni jamgʻarish va koʻpaytirish kafolati!

1995-yildan boshlab “Asakabank” Oʻzbekiston bank xizmatlari bozorida yetakchi pozitsiyalarni mustahkam egallab kelmoqda hamda oʻz tajribasi va quvvatini har kuni oʻz mijozlarining turmushi va qulayligi uchun zamonaviy mahsulotlar va xizmatlar yaratishga safarbar etmoqda!
- Manfaatli omonatlar;
- Qulay shartlardagi kreditlar;
- Bank kartalarini ochish.

Bank sizning choʻntagingizda!
“Asakabank” mobil ilovasini oʻrnatib oling va mablagʻlaringizni uydan chiqmasdan onlayn rejimda boshqaring!
Manba: Asaka bank
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

07.04.2026

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

Octobank takliflari bilan biznesingizga yangi turtki bering!

26.03.2026

Octobank takliflari bilan biznesingizga yangi turtki bering!

5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri

11.03.2026

5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri



Orphus tizimi