TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

25.02.2026

Toshkent, O‘zbekiston, 2026-yil 25-fevral — Gruziyadagi yetakchi moliyaviy guruh va O‘zbekistondagi raqamli moliyaviy ekotizimni boshqaruvchi TBC Bank Group Nyu-Yorkda o‘zining birinchi investorlar uchun Strategiya kunini o‘tkazdi. Tadbir davomida Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli banking ekotizimlaridan biri — TBC Uzbekistan’ning 2030-yilgacha bo‘lgan asosiy o‘rta muddatli ustuvor yo‘nalishlari va rivojlanish strategiyasi taqdim etildi.

TBC Uzbekistan Nyu-Yorkda Strategiya kunini o‘tkazgan O‘zbekistondagi birinchi ekotizim bo‘ldi. Ushbu voqea global investorlarning eng istiqbolli rivojlanayotgan bozorlardan biri sifatida O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotganini yaqqol ko‘rsatadi.

Tadbirda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillari ishtirok etdi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov o‘z nutqida yetakchi xalqaro investorlarga mamlakatni strategik rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari haqida so‘zlab berdi.

TBC Bank Group o‘z mijozlari va hamkorlari uchun qo‘shimcha qiymat yaratish maqsadida TBC Uzbekistan’ni yanada kengaytirish rejalarini taqdim etdi. Auditoriyasi 23 million ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchiga yetgan ekotizim allaqachon chakana xizmatlar bozorida yetakchilik qilmoqda va endi asosiy e’tiborni biznes uchun mahsulot va xizmatlarni rivojlantirishga qaratadi. Strategik maqsad — O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishiga hissa qo‘shgan holda mikro, kichik va o‘rta korxonalar uchun yangi imkoniyatlar yaratadigan jismoniy shaxslar va biznes uchun yagona platforma yaratishdir.

TBC Uzbekistan’ning 2030-yilgacha bo‘lgan rivojlanish istiqbollari haqida gapirar ekan, TBC top-menejerlari 10 million oylik faol noyob foydalanuvchilarga erishish, 3 milliard AQSh dollaridan ortiq diversifikatsiyalangan kredit (shu jumladan, kreditlar, kredit kartalari, jismoniy shaxslarga va kichik va o‘rta biznes korxonalariga ta’minlangan kreditlar) portfelini shakllantirish, shuningdek, 250 million AQSh dollarlik sof foydaga erishish, hamda kelgusi besh yilda Guruhning umumiy sof foydasida 25 foizli ulushni ta’minlash kabi ulkan maqsadlarni e’lon qildilar. 

Guruh darajasida TBC Group kelgusi besh yil ichida o‘zining joriy biznesi ko‘lamini ikki baravar oshirishni rejalashtirmoqda:

• Sof foydani ikki baravar oshirib, 1 milliard AQSH dollaridan ortiq darajaga yetkazish
• Kredit portfelini ikki baravar oshirib, 20 milliard AQSH dollaridan ortiq hajmga yetkazish
• Har oyda faol foydalanuvchilar (MAU) sonini taxminan 5 millionga ko‘paytirib, 12 milliongacha yetkazish
• Guruhning sof foydasida O‘zbekiston ulushini joriy 9 foizdan taxminan 25 foizgacha oshirish.

Oliver Xyuz, TBC Digital Kuzatuv kengashi raisi: “Nyu-Yorkdagi debyut strategiya kunimizda vazir Laziz Qudratov, O‘zbekistonning yuqori martabali vakillari va dunyoning yetakchi investorlarini qabul qilish biz uchun katta sharaf. Bu O‘zbekiston uchun ham, TBC Group uchun ham muhim voqea bo‘lib, xalqaro investitsiya hamjamiyatiga bizning strategiyamiz va kelajakdagi rejalarimizni taqdim etish imkonini berdi.

O‘zbekiston bugungi kunda dunyodagi eng tez o‘sib kelayotgan rivojlanayotgan bozorlardan biridir. Bunga faol islohotlar, noyob demografik vaziyat va raqamli iqtisodiyotning jadal o‘sishi yordam bermoqda. Biz jismoniy shaxslar va biznes uchun Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli banking ekotizimini rivojlantirishda ushbu tendensiyadan foydalanishda davom etmoqdamiz. Biz O‘zbekiston hukumatidan doimiy qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdormiz va O‘zbekistonga global investitsiyalarni jalb qilish uchun mamlakatdagi xalqaro ochiq kompaniya maqomidan foydalanishda davom etamiz”.

Laziz Qudratov, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri: “Men Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan TBC Bank Group Strategiya kunida ishtirok etganimdan va Guruhning O‘zbekistonda raqamli banking ekotizimini yanada rivojlantirish rejalari haqida bilganimdan xursand bo‘ldim. TBC allaqachon ta’sirli ishlarni amalga oshirdi va mamlakatdagi asosiy investorlardan biri bo‘lib, raqamli transformatsiyamiz va iqtisodiy rivojlanishimizga hissa qo‘shmoqda.

Tadbir O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda namoyish etish uchun ham ajoyib imkoniyat bo‘ldi. So‘nggi o‘n yilda amalga oshirayotgan taraqqiyot va islohotlar dasturlarimiz barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, global investorlarning qiziqishini oshirdi. Bugungi kunda O‘zbekistonga tobora ko‘proq eng jozibador rivojlanayotgan bozorlardan biri sifatida qaralmoqda. Biroq bu faqat yo‘limizning boshlanishi — O‘zbekiston biznes uchun ochiq va xalqaro investitsiya hamjamiyati bilan aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor”.

 




Barcha takliflar
Mikroqarz
Bank.uz da Mikroqarz

43ta bankdan 242ta noyob taklif.

Bo'limga o'tish
TBC Bank

TBC Bank — O'zbekistondagi birinchi raqamli raqamli bank. 2019 yildan beri biz Markaziy Osiyoning yetakchi moliyaviy ekosistemasi bo'lgan TBC Uzbekistan'ni rivojlantiramiz. Bizning ishonchliligimiz esa Fitch agentligi tomonidan xalqaro miqyosda tasdiqlangan bo'lib, u TBC Bank'ga BB reytingini bergan.

Maqsadimiz — insonlar hayotini osonlashtirish: barcha xizmatlarni TBC UZ ilovasida — onlayn, navbatlarsiz, dam olish kunlarisiz ko'rsatamiz:

  • Omonatlar va jamg'arma — yiliga 26% gacha daromad;
  • Garovsiz va kafilliksiz kredit — 100 mln so'mgacha: javobi 1 minutda; 
  • Salom Card — 1000 so'mdan boshlab kartadagi pul uchun yillik 12% mukofot;
  • Osmon Card kredit kartasi —  istalgan xarid uchun 55 kungacha foizsiz muddat;
  • Pul o'tkazmalari va to'lovlar — bankka bormasdan, onlayn.
O'xshash yangiliklar
Biznesingiz keskin o‘sishga tayyor bo‘lsa — Octobank yoningizda!

18.02.2026

Biznesingiz keskin o‘sishga tayyor bo‘lsa — Octobank yoningizda!

Yangi yilni yangi xonadonda qarshi oling

26.12.2025

Yangi yilni yangi xonadonda qarshi oling

Milliy ilovasi orqali omonatni to‘ldirish

06.02.2026

Milliy ilovasi orqali omonatni to‘ldirish



Bank mahsulotlari Kreditlar1
Orphus tizimi