JET: Qaysi banklar rasmiy daromadsiz eng past foizli mikroqarzlar taqdim etadi? Batafsil

TBC Business’dan biznes uchun onlayn kredit — pul shu yerda va hozir kerak bo‘lganda

21.11.2025

TBC Business onlayn xizmati tadbirkorlarga garovsiz va bankka bormasdan 300 million so‘mgacha kredit olishni taklif etadi.

Siz o‘z ishingizga vaqt, tajriba va kuch sarflaysiz. Ammo ba’zida birgina g‘oyaning o‘zi yetarli bo‘lmaydi — tovarni tezda xarid qilish, uskunani yangilash, kutilmagan xarajatni yopish yoki mavsumiy buyurtmani vaqtida qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Eng kerakli pallada pulni “keyin emas, hozir” olish muhim. Va bu jarayon hujjat yig‘ish, kafil topish yoki uzoq kutish marafoniga aylanishi shart emas. 

TBC Business sizga kerakli mablag‘ni keraksiz hujjatlarsiz olish imkonini beradi. 300 million so‘mgacha bo‘lgan kredit — garovsiz va bankka bormasdan, to‘liq onlayn. Qaror esa uch ish kunida chiqadi.

Shartlar: 

  • Kredit miqdori: 300 million so‘mgacha; 

  • Muddat: 3 oydan 36 oygacha; 

  • Yillik foiz stavkasi: 33% dan 38% gacha

 

*Aniq shartlar — jumladan kredit summasi, foiz stavkasi va muddati — kompaniyangiz faoliyati tahlili va skoring natijalaridan so‘ng belgilanadi. Kredit shartlari:  https://minio.tbcbank.uz/web-tbcbank-uz-strapi-admin-cms/uploads/infolist-business-uzb.pdf

Nega bu kichik va o‘rta biznes uchun samarali yechim

Garov va ortiqcha qog‘ozbozliksiz. TBC Business biznesingizni xotirjam rivojlantirish yo‘lida muhim narsalarga e’tibor qaratishga yordam beradi. 

Onlayn format vaqtingizni tejaydi. Arizani TBC Business shaxsiy kabinetingiz orqali yo‘lga vaqt sarflamasdan, navbat kutmasdan topshirishingiz mumkin. Mablag‘ esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank hisob raqamingizga tushadi. 

Qaror oylarda emas, ish kunlarida chiqadi. Tezkor qaror sizga foydali xaridni qo‘ldan boy bermaslik yoki yirik buyurtmani rad etmaslik imkonini beradi. 

Kreditni atigi 3 bosqichda rasmiylashtirish mumkin:

1.    TBC Business’da hisob oching; 

2.    Shaxsiy kabinetda kredit olish uchun arizani to‘ldiring; 

3.    Qaror chiqqach, pul hisobingizga tushadi. 

Shaxsiy kabinet orqali kreditni qaytarish juda oson — “Kreditlar” bo‘limida ko‘rinadi, va bank bu operatsiyalar uchun hech qanday komissiya olmaydi. 

Bu amaliyotda qanday ishlaydi

Shamsher Chorshanbiyev, Kotta Bola taksoparki asoschisi, u ham ko‘plab tadbirkorlar duch keladigan oddiy muammo bilan yuzlashdi: biznes o‘sishi bilan qo‘shimcha mablag‘ga ehtiyoj tug‘ildi. Shu paytda u yordam uchun TBC Businessga murojaat qildi. 

“To‘g‘risi, dastlab bu xizmatning ishlashiga ishonmagan edim. Lekin hisob ochib, ariza topshirdim va bir necha kundan so‘ng mablag‘ hisobimga tushdi. Qo‘llab-quvvatlash 24/7 ishlaydi, hammasi onlayn va navbatsiz. Bu esa ‘Kotta Bola’ning rivojlanishini ancha tezlashtirdi”, – deydi Shamsher Chorshanbiyev. 

Agar sizga ham, xuddi Shamsher kabi, biznesingiz uchun pul shu yerda va hozir kerak bo‘lsa, TBC Business yordam beradi. Hisob ochish va kredit uchun ariza topshirish havola orqali amalga oshiriladi. 


O'xshash yangiliklar
Octobankda biznes uchun bank xizmatlari — endi xalqaro pul o‘tkazmalari yanada foydaliroq

24.11.2025

Octobankda biznes uchun bank xizmatlari — endi xalqaro pul o‘tkazmalari yanada foydaliroq

Endi Uzum Bankda moslashuvchan omonat ochish mumkin

19.11.2025

Endi Uzum Bankda moslashuvchan omonat ochish mumkin

Uzum karta bilan bepul avtobus safarlari

20.11.2025

Uzum karta bilan bepul avtobus safarlari



Orphus tizimi