JET: Qaysi bankda ikkilamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

TBC Omonat yanada qulay: endi omonat shartlarini o‘zingiz tanlashingiz mumkin

09.10.2025

TBC Omonat bilan qoidalarni o‘zingiz belgilaysiz: omonatni qisman yechib olish va to‘ldirish imkoniyati bilan yoki mablag‘ni muddat oxirigacha yechib olish imkoniyatisiz, foizi bilan birga olish shaklida ochish mumkin. Foiz stavkasi esa tanlagan shartlaringizga bog‘liq bo‘ladi.

Omonat tanlashda nafaqat foiz stavkasi, balki uning moslashuvchanligi ham muhim. TBC Bank yangi yondashuvni taklif etmoqda: muddatli omonat sizning rejalaringizga moslashadi. Kimdir uchun puldan erkin foydalanish muhim bo‘lsa, kimdir intizom va daromadni afzal ko‘radi — TBC Omonat har ikkala ehtiyojga ham javob beradi. Omonat ochish uchun minimal summa — 100 000 so‘m.

Hammasi ilova orqali amalga oshiriladi: «Omonat» bo‘limida muddatli omonatni ochish, muddatni tanlash, to‘ldirish yoki qisman yechib olish imkoniyatini belgilash va yakuniy shartlarni darhol ko‘rish mumkin. Tasdiqlashdan oldin barcha parametrlar ekranda aniq va tushunarli ko‘rinadi.

Kimgadir, Munisa kabi, sekin-asta jamg‘arish muhim. U har oy daromadining bir qismini omonatga qo‘yadi. Qulay to‘ldirish va zarurat tug‘ilganda pulni yechib olish imkoniyati tufayli puli doim qo‘l ostida, shu bilan birga foiz ham keltiradi. Kimdir esa, Bobur singari, katta maqsad uchun jamg‘aradi va to‘ldirib boriladigan, ammo yechib olinmaydigan omonatni tanlaydi. Shu yo‘l bilan u o‘zini intizomga o‘rgatadi va yuqoriroq stavka oladi.

TBC Omonat — pulingizni qulay va o‘zingiz xohlagan tarzda boshqarish imkonini beradigan yechim. Hammasi onlayn, atigi bir necha daqiqada, istalgan paytda.

Foiz stavkasi: 17% dan 22% gacha, muddat — 3 oydan 24 oygacha. Batafsil shartlar — havolada.

TBC Bank

TBC Bank — O'zbekistondagi birinchi raqamli raqamli bank. 2019 yildan beri biz Markaziy Osiyoning yetakchi moliyaviy ekosistemasi bo'lgan TBC Uzbekistan'ni rivojlantiramiz. Bizning ishonchliligimiz esa Fitch agentligi tomonidan xalqaro miqyosda tasdiqlangan bo'lib, u TBC Bank'ga BB reytingini bergan.

Maqsadimiz — insonlar hayotini osonlashtirish: barcha xizmatlarni TBC UZ ilovasida — onlayn, navbatlarsiz, dam olish kunlarisiz ko'rsatamiz:

  • Omonatlar va jamg'arma — yiliga 26% gacha daromad;
  • Garovsiz va kafilliksiz kredit — 100 mln so'mgacha: javobi 1 minutda; 
  • Salom Card — 1000 so'mdan boshlab kartadagi pul uchun yillik 12% mukofot;
  • Osmon Card kredit kartasi —  istalgan xarid uchun 55 kungacha foizsiz muddat;
  • Pul o'tkazmalari va to'lovlar — bankka bormasdan, onlayn.
O'xshash yangiliklar
Toshkentda "FINNEXT Asia 2025" xalqaro moliyaviy innovatsiyalar forumi bo‘lib o‘tadi

09.10.2025

Toshkentda "FINNEXT Asia 2025" xalqaro moliyaviy innovatsiyalar forumi bo‘lib o‘tadi

HUMAN UP 2025 – Yangi yetakchilik forumi

06.10.2025

HUMAN UP 2025 – Yangi yetakchilik forumi

Uzum Bank moslashuvchan shartlardagi omonatlarni ishga tushirdi

05.10.2025

Uzum Bank moslashuvchan shartlardagi omonatlarni ishga tushirdi



Orphus tizimi