Toshkent, O‘zbekiston — 2025- yil 8-avgust — Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli bank ekotizimi va London fond birjasida ro‘yxatga olingan TBC Bank Group tarkibiga kiruvchi TBC Uzbekistan 2025-yil 30-iyunda yakunlangan uch va olti oylik MHXS bo‘yicha konsolidatsiyalangan moliyaviy natijalarini e’lon qiladi. TBC Uzbekistan mamlakatning eng yirik raqamli banklaridan biri TBC Bank, jismoniy shaxslar va biznes uchun raqamli toʻlovlar uchun payme ilovasi, payme nasiya – muddatli toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha dinamik rivojlanayotgan xizmat va raqamli sugʻurta xizmati – TBC Sug‘urtani o‘z ichiga oladi.
2025-yilning 2-choragi va 1-yarmida kompaniya asosiy ko‘rsatkichlarning ishonchli dinamikasini namoyish etdi, bu asosan mijozlar bazasining ko‘payishi, kredit va depozit portfellarining o‘sishi hamda aholi soni bo‘yicha Markaziy Osiyodagi eng yirik davlat bo‘lgan O‘zbekistonda mahsulot turlarining doimiy kengayib borishi hisobiga qayd etildi.
Daromadning barqaror o‘sishi va rentabellikni saqlash
2025-yilning birinchi yarmida umumiy operatsion daromad 1,543 trillion so‘mgacha barqaror o‘sdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 100 foizga yuqori, sof foyda esa 30 foizga oshib, 254 milliard so‘mni tashkil etdi.
TBC Uzbekistan Guruhning umumiy faoliyatiga sezilarli hissa qo‘shishda davom etmoqda, bu 2025-yilning birinchi yarmida uning hissasi Guruhning umumiy operatsion daromadining 21 foizini, Guruh umumiy sof foydasining esa 8 foizini tashkil etdi.
Portfel hajmining ikki baravar ko‘payishi
Yuqori daromad va foyda ko‘rsatkichlari kreditlar va depozitlar bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarning barqaror o‘sishi bilan bog‘liq.
Kredit portfeli 2025-yil 30-iyun holatiga ko‘ra 11,444 trillion so‘mgacha o‘sdi, bu o‘tgan yilgi 5,376 trillion so‘mga nisbatan 113 foizga o‘sdi degani. Kompaniya O‘zbekiston chakana savdo bozorining asosiy ishtirokchisi hisoblanadi. Jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar bozoridagi ulushi 5,1 foizni, taʼminlanmagan iste’mol kreditlaridagi ulushi esa 16,5 foizni tashkil etadi. 2025-yil 30-iyun holatiga ko‘ra, Guruhning barcha ta’minlanmagan iste’mol kreditlarining 54 foizi TBC Uzbekistan hissasiga to‘g‘ri keladi.
2025-yil 30-iyun holatiga ko‘ra depozitlar 6,225 trillion so‘mga yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 93 foizga oshdi (2024-yil 30-iyundagi 3,228 trillion so‘mga nisbatan). Bu jismoniy shaxslarning O‘zbekistondagi depozitlari umumiy hajmining 4,1 foizini tashkil etadi. 2025-yil 30-iyun holatiga ko‘ra TBC Bank Group jismoniy shaxslar depozitlari portfelining 13 foizini TBC Uzbekistan hissasiga to‘g‘ri keladi.
Raqamli bank ekotizimini qamrab olishni kengaytirish
TBC Uzbekistan raqamli bank ekotizimining noyob foydalanuvchilari soni 20,8 million kishiga yani 2024 yilning birinchi yarmiga nisbatan 31 foizga oshdi.
Oylik faol foydalanuvchilar soni yiliga 19 foizga oshib, 5,7 million kishiga yetdi.
payme raqamli to‘lov platformasidagi faol hamkorlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 58 foizga o‘sdi va 10 000 kishiga yetdi.
Asosiy mahsulotlar bo‘lgan debet va kredit kartalariga yuqori talab
2024-yilning to‘rtinchi choragida bozorga taqdim etilgan debet va kredit kartalariga bo‘lgan yuqori qiziqish 2025- yilning birinchi yarmida ham saqlanib qoldi. Chiqarilgan Salom Card debet kartalari soni 516 000 ga yetdi, bu TBC Bank umumiy depozit portfelining 1,9 foizini tashkil etadi. Chiqarilgan Osmon Card kredit kartalari soni ham 69 000 gacha oshdi. Osmon Card kredit kartalari TBC Bank umumiy kredit portfelining 3,7 foizini tashkil etadi.
Yangi mahsulotlarni chiqarish
2025-yil yanvar oyida TBC Uzbekistan qo‘shimcha qiymatga ega moliyaviy va layfstayl mahsulotlari to‘plamiga kirish imkonini beruvchi payme plus oylik obunasini ishga tushirdi. Ushbu ishga tushirish TBC Uzbekistan’ning taklif etilayotgan mahsulotlar qatorini kengaytirish va diversifikatsiya qilish strategiyasini amalga oshirishda yana bir qadam bo‘ldi. Bu mijozlarning faolligi va sodiqligi hamda daromadni oshirish imkonini beradi. 2025-yil iyul oyi holatiga ko‘ra payme plus’ning oylik faol foydalanuvchilari soni 243 000 nafarga yetgan.
2025-yil aprel oyida TBC Uzbekistan mamlakatning kichik va o‘rta biznes (KO‘B) subyektlari uchun kredit mahsulotini joriy etish orqali yangi strategik muhim biznes segmentiga kirdi. KO‘B kreditlari TBC Business’ning kengaytirilgan, to‘liq raqamli taklifining bir qismi bo‘lib, kelajakda yangi mijozlar segmentlarini o‘zlashtirish, shuningdek, kredit portfeli va daromadlarining o‘sishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
TBC Uzbekistan TBC Sug‘urta to‘liq raqamli sug‘urta xizmatini ishga tushirib, sug‘urta segmentida ham ish boshladi. Kredit olishda hayotni sug‘urtalashni taklif qilishdan boshlangan xizmat kelajakda shaxsiy sug‘urta bo‘yicha to‘liq yechimlarni o‘z ichiga olgan holda kengaytiriladi. 2025-yil aprel oyida ishga tushirilgandan beri TBC Sug‘urta 180 000 dan ortiq sug‘urta polisini rasmiylashtirdi.
2025-yil iyun oyida TBC Uzbekistan chakana savdoni avtomatlashtirish bo‘yicha mamlakatdagi yetakchi SaaS platformasi BILLZ’ning nazorat paketini sotib oldi. Ushbu bitim TBC Businessning o‘sishini davom ettirishga yordam beradi. BILLZ bilan strategik hamkorlik TBC ga biznes uchun bank va kredit xizmatlarini yanada rivojlantirishga imkon beradi. BILLZ 4000 dan ortiq chakana sotuvchilar bilan ishlaydi va oyiga 1,5 milliondan ortiq operatsiyalarni amalga oshiradi. TBC Uzbekistan BILLZ platformasi bilan hamkorlik tufayli minglab mijozlar yuridik shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ekotizim bilan sinergiya har bir foydalanuvchi uchun o‘rtacha daromadni oshiradi va mijozlarning sodiqligini mustahkamlaydi.
Boshqa muhim voqealar
2025-yil mart oyida TBC Uzbekistan Oʻzbekistondagi TBC Bank Group faoliyatining barcha yoʻnalishlarini birlashtirishga moʻljallangan TBC Digital boshqaruv kompaniyasi tashkil etilganini eʼlon qildi. O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan TBC Digital kompaniyasi TBC Uzbekistan ekotizimi doirasida Guruh biznesini boshqaradi. Nika Kurdiani boshchilik qilayotgan optimallashtirilgan huquqiy va boshqaruv tuzilmasi daromadli o‘sishni davom ettirishga xizmat qiladi.
2025-yil iyun oyida TBC Digital kompaniyasi TBC Uzbekistan faoliyati va uning rivojlanishiga strategik rahbarlik qiladigan yangi Kuzatuv kengashini shakllantirishini eʼlon qildi. Kengash tarkibidan jahon fintex sanoatining uchta nufuzli vakili o‘rin oldi. Kengash raisi etib TBC Bank Group xalqaro biznes rahbari Oliver Xyuz tayinlandi. Bundan tashqari, Kuzatuv kengashi tarkibiga Stokgolm Fond birjasida ro‘yxatga olingan va rivojlanayotgan bozorlarning tez rivojlanayotgan fintex loyihalariga ixtisoslashgan VEF investitsiya kompaniyasining bosh direktori va hammuassisi Devid Nangl va moliyaviy sektorning innovatsion loyihalariga sarmoya kiritayotgan Amerikaning yetakchi venchur kapital firmasi QED Investors kompaniyasining faxriy hamkori Metyu Risli kirdi.
TBC Uzbekistan o‘z biznesiga sunʼiy intellekt (SI) asosidagi texnologiyalarni joriy etishda davom etmoqda. Kompaniyaning o’z nutq texnologiyalari platformasi va katta til modellari (LLM) tomonidan quvvatlangan sunʼiy intellekt agentlari hozirda yirik bo’lmagan kreditqarzi bormijozlarga eslatma qo‘ng‘iroqlarining 90 foizini amalga oshirmoqda. Ilova uchun virtual yordamchi va tegishli kanal orqali sotish uchun sunʼiy intellektga asoslangan ovozli Telegram botini ishlab chiqish davom etmoqda. Ular joriy yil oxirigacha ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
2025-yil iyul oyida TBC Uzbekistan CNBC va Statista tomonidan dunyodagi yetakchi fintex kompaniyalaridan biri sifatida tan olindi. Kompaniyaning ushbu yillik moliyaviy texnologiyalar bo‘yicha jahon yetakchilari ro‘yxatiga kiritilishi mamlakat va umuman mintaqa uchun muhim voqea hisoblanadi, chunki TBC Uzbekistan reytingga kiritilgan Markaziy Osiyoning birinchi va hozirgacha yagona vakili hisoblanadi.
Nika Kurdiani, CEO TBC Uzbekistan: “Ikkinchi chorakda biz kuchli oʻsishni davom ettirdik – barqaror, foydali oʻsishni taʼminladik, yangi mahsulotlarni chiqardik, korporativ tuzilmamizni mustahkamladik, BILLZ’ni sotib olish bo‘yicha bitimni yakunladik va xalqaro eʼtirofga erishdik.
Bizning ixtisoslashgan biznesimiz yaxshi natijalarni ko‘rsatmoqda: kredit va depozit portfellari ikki baravarga o‘sdi; kompaniyaning O‘zbekiston chakana bank xizmatlari bozoridagi ulushi esa o‘sishda davom etmoqda. Mahsulot turlarini kengaytirish strategiyasi ishlamoqda. Yangi mahsulotlarni ishga tushirish va aktivlarni sotib olishning strategik bitimlarini amalga oshirish orqali biz ekotizimimizni tizimli va puxta ishlab chiqmoqdamiz. Bu bizga yangi segmentlarni o‘zlashtirish va turli yechimlar o‘rtasida samarali sinergik aloqalarni o‘rnatish imkoniyatini beradi. Yangi yo‘nalishlar — bu payme plus obunasi, TBC Sug‘urta sug‘urta kompaniyasi va TBC Business yuridik shaxslarini kreditlash xizmati hozirda yuqori talabga ega. Tariximizdagi yana bir muhim voqea BILLZ bilan tuzilgan bitim bo‘ldi. Ushbu hamkorlik biznes uchun bank xizmatlarini, shu jumladan kredit xizmatlarini kengaytirishga yordam beradi.
CNBC va Statista talqiniga ko‘ra, TBC Uzbekistanning dunyodagi yetakchi fintex kompaniyalari ro‘yxatiga kiritilishi biz amalga oshirgan ishlarning muvaffaqiyatini tasdiqlaydi. Ayniqsa, biz ushbu nufuzli soha reytingiga kirgan birinchi Markaziy Osiyo kompaniyasi bo‘lganimizdan mamnunmiz. Shu bilan birga, biz korporativ tuzilmani mustahkamladik: biz TBC Digital’ni tashkil etib, mintaqada raqamli banking sohasida yetakchilikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashda strategik qarorlar qabul qilishda bizga yordam beradigan tajribali mutaxassislardan iborat Kuzatuv kengashini tuzdik”.
TBC Bank — O'zbekistondagi birinchi raqamli raqamli bank. 2019 yildan beri biz Markaziy Osiyoning yetakchi moliyaviy ekosistemasi bo'lgan TBC Uzbekistan'ni rivojlantiramiz. Bizning ishonchliligimiz esa Fitch agentligi tomonidan xalqaro miqyosda tasdiqlangan bo'lib, u TBC Bank'ga BB reytingini bergan.
Maqsadimiz — insonlar hayotini osonlashtirish: barcha xizmatlarni TBC UZ ilovasida — onlayn, navbatlarsiz, dam olish kunlarisiz ko'rsatamiz:
TBC Uzbekistan 2025-yilning 2-choragi uchun MHXS bo‘yicha moliyaviy natijalarni eʼlon qildi: kredit va depozit portfellarining 113% ga va 93% ga o‘sishi hisobiga umumiy operatsion daromad 100% ga oshib, 1,543 trillion so’mni tashkil etdi