JET: Endi komissiyasiz kartadan kartaga 57 mln so'mgacha o'tkazish mumkin Batafsil

TBC Uzbekistan CNBC va Statista tomonidan dunyoning yetakchi fintech kompaniyalari ro‘yxatiga kiritildi

17.07.2025

Toshkent, O‘zbekiston — 2025-yil 16-iyul — TBC Uzbekistan raqamli banking ekotizimi to‘liq raqamli banklar (neobanklar) toifasida dunyoning yetakchi fintech kompaniyalari ro‘yxatiga kirdi. TBC ushbu reytingga kiritilgan O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi ushbu sohaning birinchi vakili bo‘ldi.

CNBC va Statista tomonidan tuzilgan dunyoning yetakchi fintex kompaniyasi reytingi — sohadagi muhim mezonlardan biridir. Reyting kompaniyalarning asosiy moliyaviy va operatsion ko‘rsatkichlari, jumladan, tushum, daromadlilik, mijozlar bazasining hajmi, kredit va depozit portfellarining o‘sish sur’ati, tranzaksiyalar hajmi, bozor ulushi, xodimlar soni kabi bir qator omillarning har tomonlama tahlili asosida shakllantiriladi.

CNBC_FinTech_2025_Mediakit_Button_600x225.png

TBC Uzbekistan’ning dunyodagi yetakchi neobanklar qatoriga kiritilishi kompaniyaning jadal o‘sishi va yuqori rentabelligini, shuningdek, O‘zbekiston bozorida ilg‘or raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirishda yetakchi ekanligini aks ettiradi.

Nika Kurdiani, CEO TBC Uzbekistan:
“2025-yilda O‘zbekiston va Markaziy Osiyodan yetakchi fintech kompaniyalarining dunyoning reytingiga kirgan ilk fintex kompaniyasi bo‘lish – biz uchun katta sharaf. Bu dinamik va daromadli o‘sishni uzluksiz innovatsiyalar bilan uyg‘unlashtirgan strategiyamiz samaradorligining e’tirofidir.

CNBC_FinTech2025_Logo_generic.jpg


O‘zbekiston — dunyodagi eng istiqbolli va jadal rivojlanayotgan raqamli moliyaviy xizmatlar bozorlaridan biri. Biz bu yerda yangi standartlarni belgilab, butun soha uchun marrani yanada yuqoriga ko‘tarayotganimizdan faxrlanamiz. CNBC tomonidan bildirilgan e’tirof nafaqat TBC’ning muvaffaqiyatlarini, balki O‘zbekiston moliya bozorining tez sur’atlarda rivojlanayotganini ham ko‘rsatadi.

Bu biz uchun faqat boshlanishi. Oldinda bizni ekotizimni kengaytirish va innovatsion mahsulotlarni ishga tushirish kutmoqda”.

CNBC_FinTech_2025_Mediakit_Webbanner_1860x800.png

TBC Uzbekistan keng qamrovli raqamli ekotizimni rivojlantirib, moliyaviy va layfstayl xizmatlar qamrovini hamda mahsulotlar qatorini bosqichma-bosqich kengaytirmoqda. O‘tgan yil davomida kompaniya bir qator yangi mahsulotlarni, jumladan, kundalik to‘lovlar uchun flagman Salom Card debet kartasi, Osmon Card kredit kartasi, TBC Business biznes-banking va kreditlash xizmati, shuningdek, TBC Sug‘urta sug‘urta kompaniyasi kabi to‘liq raqamli xizmatlarni ishga tushirdi va kengaytirdi. 2025-yil iyun oyida TBC Uzbekistan chakana savdo uchun yetakchi yechimlarni taklif qiluvchi O‘zbekistondagi yetakchi SaaS platformasi bo‘lgan BILLZ platformasining nazorat paketini xarid qilib, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan kichik va o‘rta biznes segmentida kompaniya mavqeini mustahkamladi.



TBC Bank

TBC Bank — O'zbekistondagi birinchi raqamli raqamli bank. 2019 yildan beri biz Markaziy Osiyoning yetakchi moliyaviy ekosistemasi bo'lgan TBC Uzbekistan'ni rivojlantiramiz. Bizning ishonchliligimiz esa Fitch agentligi tomonidan xalqaro miqyosda tasdiqlangan bo'lib, u TBC Bank'ga BB reytingini bergan.

Maqsadimiz — insonlar hayotini osonlashtirish: barcha xizmatlarni TBC UZ ilovasida — onlayn, navbatlarsiz, dam olish kunlarisiz ko'rsatamiz:

  • Omonatlar va jamg'arma — yiliga 26% gacha daromad;
  • Garovsiz va kafilliksiz kredit — 100 mln so'mgacha: javobi 1 minutda; 
  • Salom Card — 1000 so'mdan boshlab kartadagi pul uchun yillik 12% mukofot;
  • Osmon Card kredit kartasi —  istalgan xarid uchun 55 kungacha foizsiz muddat;
  • Pul o'tkazmalari va to'lovlar — bankka bormasdan, onlayn.
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

07.07.2025

Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

 Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

01.07.2025

Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

 Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

30.06.2025

Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya



Orphus tizimi