Termizda “Rahbarlar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi binosida “Rahbarlar va yoshlar” uchrashuvi boʼlib oʼtdi.
Unda Surxondaryo viloyati hokimining oʼrinbosari Ch.Begimqulov, Oʼzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri oʼrinbosari M.Yuldashev, Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasi raisi oʼrinbosari А.Hamzaev, Fanlar akademiyasi Bosh ilmiy kotibi Gʼ.Bahodirov, АT “Аloqabank” Boshqaruvi Raisi oʼrinbosari X.Rahmatov, korxona, tashkilot va muassasalar mutasaddilari, shahar va tumanlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosarlari va yoshlar qatnashdi.
Surxondaryo viloyati hokimining oʼrinbosari Ch.Begimqulov yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida viloyatda olib borilgan ishlar toʼgʼrisida axborot berdi.
Taʼkidlanishicha, viloyat sektorlari rahbarlari joylarda yoshlar bilan uchrashib, ularning taklif va tashabbuslari bilan tanishmoqda. Muammolarini oʼrganib, ularni hal etishga amaliy koʼmaklashmoqda. Joriy yilning oʼtgan davri mobaynida oʼtkazilgan shunday uchrashuvlarga 1 ming 230 nafar yoshlar jalb etilgan. Yoshlar tomonidan 800 ta taklif va muammolar bildirilgan. Ularning 585 tasi hal etilgan. 215 ta murojaat yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, ijroga qaratilgan.
Bu galgi “Rahbarlar va yoshlar” uchrashuvi ham yuzma-yuz, ochiq muloqot tarzida oʼtkazildi. Unda 130 nafardan ortiq yoshlar tomonidan bandlik va tadbirkorlik masalalarida koʼplab murojaatlar tushdi. Mazkur murojaatlar shu yerning oʼzida aloqador tashkilotlar masʼullari ishtirokida muhokama qilindi. Ularni hal etish choralari koʼrildi. Yoshlarga tegishli huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi. Ular tomonidan bildirilgan takliflar, muammolar, tashabbuslar qoʼllab-quvvatlandi.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Termizda “Rahbarlar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi