MOSKVA (Standard & Poor's), 2016 yil may. “Standard & Poor's” kredit reytinglari xizmati tomonidan O’zbekistondagi “Turkiston” Xususiy Aksiyadorlik Tijorat bankiga uzoq muddatli «B-» va qisqa muddatli «C, reytinglarning o‘zgarish prognozi — «Barqaror» kontragent kredit reytingi tasdiqlandi.
Milliy reyting
Toshkent («AhborReyting» RA), 2016 yil fevral. «AhborReyting» Milliy reyting agentligi tomonidan “Turkiston” Xususiy Aksiyadorlik Tijorat bankiga milliy shkala bo‘yicha “Barqaror” prognozi bilan «UzB++» darajasi berildi.
Turkiston bank
«TURKISTON» banki 1998 yildan buyon bank xizmatlari bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.
Tashkil etilgan vaqtdan buyon «TURKISTON» banki Oʼzbekiston bank tizimi rivojlanishi tarixi davrida erishilgan boy tajriba hamda jahon bank amaliyotida tan olingan, bank biznesini yuritishning eng zamonaviy usullari va texnologiyalaridan imkon qadar samarali foydalanishga imkon beruvchi oʼz taraqqiyot strategiyasiga qatʼiy amal qilmoqda.
Bank rivojlanish kontseptsiyasi sifatida universal tijorat banki modelini tanlab oldiki, mazkur modelь «TURKISTON» bankining moliyaviy xizmatlarning toʼliq majmuini koʼrsatuvchi, mijozlarga xizmat koʼrsatish tarmogʼini kengaytirib boruvchi kredit muassasasi sifatida doimiy taraqqiy etishini nazarda tutadi.
XATB "Turkiston" faoliyati xalqaro va milliy reyting agentliklari tomonidan munosib baxolangan.