Tijorat banklarida xizmatlar koʼrsatish sifati isteʼmolchilar tomonidan baholandi

17.11.2020
Tijorat banklarida xizmatlar koʼrsatish sifati isteʼmolchilar tomonidan baholandi

Markaziy bank Toshkent shahrida mijozlarga xizmat koʼrsatish sifatini baholash yuzasidan bank xizmatlari isteʼmolchilari oʼrtasida soʼrovnoma oʼtkazdi.

Mazkur soʼrovnoma tijorat banklari mijozlari bilan yuzma-yuz savol-javoblar shaklida oʼtkazilib, unda 1 092 ta respondent ishtirok etdi (450 nafar jismoniy shaxs va 642 nafar tadbirkorlik subʼekti).

Tijorat banklarida bank xizmatlarini koʼrsatish sifatini baholash yuzasidan soʼrovnoma 4 ta mezon (ishonchlilik, koʼnikma, hozirjavoblik hamda mijozlarni qoʼllab-quvvatlash) asosida oʼtkazildi.

Oʼrganish natijalariga koʼra, isteʼmolchilar tomonidan 5 ta bankda (Ipak yoʼli bank, Аziya Аlьyans bank, Invest Finans bank, Orient Finans bank, Kapitalbank) xizmat koʼrsatish sifati boshqa banklarga nisbatan “yaxshi”, 8 ta bankda esa (Oʼzsanoatqurilishbank, Oʼzmilliybank, Trastbank, Hamkorbank, Аloqabank, Ipoteka-bank, Turonbank, Аsaka bank) koʼrsatilayotgan xizmatlar “qoniqarli” deb baholandi.

Shuningdek, respondentlar fikriga koʼra, Poytaxtbank, Mikrokreditbank, Qishloq qurilish bank, Аgrobank, Xalq banki va Davr-bank tomonidan koʼrsatilayotgan xizmatlar sifati mijozlarning ehtiyojlarini “qoniqtirmaydi”.

Natijalar bank xizmatlari isteʼmolchilarining soʼrovnoma davomida bildirilgan fikrlaridan kelib chiqqan holda shakllantirilgan va Markaziy bankning pozitsiyasi hisoblanmaydi.

Markaziy bank banklar tomonidan koʼrsatilayotgan xizmatlar sifatini baholash boʼyicha tadbirlarni bank xizmatlari isteʼmolchilari oʼrtasida davriy soʼrovnomalar oʼtkazish orqali davom ettiradi hamda oʼrganish natijalarini Markaziy bankning kommunikatsiya kanallari orqali keng jamoatchilikka taqdim etadi.

Kelgusida Markaziy bank tomonidan tijorat banklarida bank xizmatlarini koʼrsatish sifatini baholash vositalarini kengaytirish, shu jumladan, “sirli mijoz” mexanizmidan foydalanish hamda sohaga ilgʼor xalqaro standartlarni joriy etish rejalashtirilgan.
Manba: cbu.uz
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi