JET: Qaysi avtomobillarni muddatli to'lovga olish mumkin? Batafsil

Tijorat banklarining likvidligini boshqarishga qo`yiladigan talablarga o`zgartirishlar kiritildi

10.07.2017

Markaziy bank “Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi Nizomga (№2709, 13.08.2015 y) “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning 52-moddasiga asosan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritdi.

Jumladan, mazkur nizomning 43-bandi “Banklar majburiyatlarining o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta'minlash maqsadida lahzali va joriy likvidlilik me'yorlarini bajarishlari lozim”, deb o‘zgartirildi va tegishli bandlar kiritildi. 

Xususan, “joriy likvidlilik koeffitsiyenti joriy aktivlar summasini (to‘lov muddati 30 kungacha bo‘lgan bankning likvidli aktivlari va qo‘yilmalari, bundan muddati uzaytirilgan yoki qaytarish muddati o‘tgan kreditlar mustasno) joriy majburiyatlar (talab qilib olinguncha va ijro etish muddati 30 kungacha bo‘lgan majburiyatlar) summasiga nisbati orqali aniqlanadi va 30 foizdan kam bo‘lmasligi lozim”, deyiladi hujjatda.

Hujjatda bayon etilishicha, “lahzali likvidlilik koeffitsiyenti bank kassasidagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari hamda bankning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaraqlaridagi mablag‘lari (bundan Markaziy bankdagi majburiy zaxira hisobvarag‘i va majburiy zaxiralar depozitlaridagi mablag‘lar mustasno) summasini ushbu Nizomga ilova qilingan hisobvaraqlarning qoldiqlari – talab qilib olinguncha majburiyatlar summasiga nisbati orqali aniqlanadi.

Lahzali likvidlilik koeffitsiyentini hisoblashda faqat O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi mablag‘lar inobatga olinadi.

Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti 2017 yil 1 avgustdan boshlab 10 foizdan, 2017 yil 1 noyabrdan boshlab 15 foizdan, 2018 yil 1 yanvardan boshlab 20 foizdan kam bo‘lmasligi lozim”.

   Manba: www.cbu.uz

Asakabank “Asakabank” AJ – pul mablagʻlaringizni jamgʻarish va koʻpaytirish kafolati!

1995-yildan boshlab “Asakabank” Oʻzbekiston bank xizmatlari bozorida yetakchi pozitsiyalarni mustahkam egallab kelmoqda hamda oʻz tajribasi va quvvatini har kuni oʻz mijozlarining turmushi va qulayligi uchun zamonaviy mahsulotlar va xizmatlar yaratishga safarbar etmoqda!
- Manfaatli omonatlar;
- Qulay shartlardagi kreditlar;
- Bank kartalarini ochish.

Bank sizning choʻntagingizda!
“Asakabank” mobil ilovasini oʻrnatib oling va mablagʻlaringizni uydan chiqmasdan onlayn rejimda boshqaring!
Manba: Asaka bank
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar



Orphus tizimi