To`lov terminallari bilan jihozlash uchun elektron buyurtma yuborish

25.09.2014

Yagona portalda yangi “To`lov terminallari bilan jihozlash uchun elektron buyurtma yuborish” xizmati joriy etildi va endilikda, tadbirkorlik subyektlari to`lov terminallari bilan jihozlash uchun, kerakli bo`lgan hujjatlarning skanerdan o`tkazilgan nusxasini ilova qilgan holda, Yagona portalda buyurtma to`ldirishlarining o‘zi kifoya.

Yagona portal orqali yo`llangan arizalar, arizachining joriy amallari bo`yicha asosiy hisob raqami joylashgan tegishli tijorat banklari mutaxassislari tomonidan qayta ishlanadi. Murojaat natijasida, arizachiga arizaning ko`rib chiqilishi, qolaversa terminal hisobini ochish, hamda “to`lov terminali”ni olish bo`yicha shartnoma tuzish uchun uchrashish vaqti haqida ma’lumotnoma yuboriladi.

Mazkur xizmat O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 15 apreldagi PQ-2164 sonli "Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko`rsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Qarori ijrosini ta’minlash doirasida joriy etilgan.

 www.my.gov.uz
BRB
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi