Toshkent viloyati mintaqaviy filiali yangi manzilga ko`chirildi

01.02.2021
Toshkent viloyati mintaqaviy filiali yangi manzilga ko`chirildi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining 2018 yil 5 yanvardagi navbatdan tashqari sessiyasida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 avgustdagi №01-05/1-116-sonli “Toshkent viloyatida oʻtkazilgan sayyor yigʻilish” bayonida berilgan topshiriqlarga muvofiq, tijorat banklarining viloyat hududiy boʻlinmalari uchun Nurafshon shahrining bosh rejasiga asosan maʼmuriy binolarini qurish belgilangan. Mazkur topshiriqlarga binoan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Toshkent viloyat mintaqaviy filialining Nurafshon shahridagi yangi binosi qurib bitkazilganligi sababli Bank Boshqaruvining 2021 yil 27 yanvardagi 11/1-sonli qarori asosida uning Toshkent viloyat mintaqaviy filiali Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, “Obod” MFY, Toshkent yoʻli koʻchasi, 40-uyda joylashgan binoga koʻchirilayotgani maʼlum qilinadi. Shu munosabat bilan, Bankning Toshkent viloyat mintaqaviy filiali tomonidan jismoniy va yuridik shaxs maqomidagi mijozlardan filial bilan bogʻliq boʻlgan barcha munosabatlarini davom ettirish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishlari hamda tashrif buyurishlari soʻraladi. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Toshkent viloyati mintaqaviy filiali manzili: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, “Obod” MFY, Toshkent yoʻli koʻchasi, 40-uy Orqaga qaytish 44
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
Manba: Sqb.uz
O'xshash yangiliklar
5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri

11.03.2026

5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

04.03.2026

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda



Orphus tizimi