JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

Toshkentda O‘zbekiston – Afg‘oniston hukumatlararo komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi

27.12.2016


Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik markazida Savdo, transport va energetika bo‘yicha O‘zbekiston – Afg‘oniston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo-sanoat, sarmoya, energetika, neft-gaz, bojxona, transport va transport kommunikatsiyalari, temir yo‘l, aviatashuv, mashinasozlik, elektr texnikasi, qurilish, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan vazirlik va idoralari rahbar va vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Afg‘onistondagi qurilish, energetika, tog‘-kon sanoati va ta’lim sohalaridagi loyihalarda ishtirok etib kelmoqda. Mamlakatimizning yordami bilan Afg‘onistonda ko‘priklar, yuqori voltli elektr liniyalari, optik-tolali kabel liniyalari, suv ta’minoti tarmog‘i barpo etilgan. «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Hayratondan Mozori Sharifgacha temir yo‘l liniyasi qurilgan.

Mamlakatimizdan Afg‘onistonga elektr energiyasi, meva-sabzavotlar, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar eksport qilinmoqda. 2016-yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 429 million dollarni tashkil etdi. O‘zbekistonda afg‘onistonlik sarmoyadorlar ishtirokida tuzilgan 70 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular savdo, xizmat ko‘rsatish, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi sohalarda ish yuritmoqda.

Afg‘oniston delegatsiyasi O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat samaralari, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratilayotgan sharoitlar, yurtimizning eksport salohiyati, industrial zonalardagi imkoniyatlar bilan tanishtirildi. O‘zaro hamkorlikni yanada faollashtirish uchun mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish lozimligi ta’kidlandi. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, keng ko‘lamli savdo-iqtisodiy, transport va energetika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekani qayd etildi.

Majlisda o‘zaro savdo hajmini yanada oshirish va nomenklaturasini kengaytirish masalalari haqida so‘z yuritildi. Savdo, energetika, transport va transport kommunikatsiyalari, tranzit, qishloq xo‘jaligi, temir yo‘l, mashinasozlik kabi sohalardagi aloqalarni rivojlantirish, Afg‘onistonga elektr, maishiy, qishloq xo‘jaligi texnikasi va uskunalarini eksport qilish, birgalikda o‘zaro foydali loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

                                                                                                    Manba: www.uza.uz


BRB
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

24.12.2024

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

19.12.2024

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi



Orphus tizimi