Toshkentda oltinchi bor «Digital Uzbekistan» xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tadi

2026-yil 19–20-may kunlari Toshkentda Digital Uzbekistan xalqaro PLUS-Forumi bo‘lib o‘tadi. Bu Markaziy Osiyodagi davlat xizmatlari, moliya sohasi, to‘lov infratuzilmasi va fintex-ekotizimini rivojlantirishning raqamli transformatsiyasiga bag‘ishlangan eng yirik tadbirdir.

O‘tgan besh yil ichida Forum Markaziy Osiyo davlatlarining bank sektori, tartibga soluvchi organlar, fintex kompaniyalari, IT-industriya, elektron tijorat, chakana savdo vakillari hamda xalqaro texnologik va infratuzilmaviy hamkorlar uchrashadigan e’tirof etilgan xalqaro maydonga aylandi.
Forumning strategik vazifasi — raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga ko‘maklashish hamda «Raqamli O‘zbekiston 2030» strategiyasini amalga oshirish doirasida davlatning xalqaro hamkorligini qo‘llab-quvvatlashdir.

Forum Azimut Grand Hotel (Amir Temur shoh ko‘chasi, 107A) maydonchasida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (NAPP) va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ko‘magida bo‘lib o‘tadi.

Xedlaynerlar bilan tanishing:

  • Viktor Orlovskiy — Kremniy vodiysi investori, R136 Ventures asoschisi
  • Vyacheslav Pak O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (NAPP) direktori birinchi o‘rinbosari
  • Sayed Abas Rafiq — Afg‘oniston to‘lov tizimi bosh direktori, Afg‘oniston Markaziy banki (Da Afghanistan Bank)
  • Doktor Tariq Qureishi — II-futurolog, Xponential bosh direktori, MAD Talks asoschisi va rahbari, jahonning yetakchi korporatsiyalari va davlat tuzilmalari bilan ishlovchi mutaxassis.
  • Anton Chen — Alipay+ ning MDH hududida biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori


2025-yilda Digital Uzbekistan rekord darajadagi ko‘lamga chiqdi: tadbirda 36 ta davlatdan 2500 dan ortiq delegat ishtirok etdi, 150 dan ortiq spiker so‘zga chiqdi. 100 dan ortiq eksponent o‘z yechimlari, mahsulot va servislarini taqdim etdi. Ishtirokchilar geografiyasi AQSh, Xitoy, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, BAA, Portugaliya, Singapur, Turkiya, Shveytsariya, Janubiy Koreya, Boltiqbo‘yi mamlakatlari, MDH va boshqa bozorlarni qamrab oldi.

2026-yilgi forumning asosiy mavzulari:

• O‘zbekiston – raqamli jamiyat sari yo‘lda
• Steblkoinlar va raqamli so‘m
• Web3 – yangi avlod detsentralizatsiyalashgan internet konsepsiyasi
• Kriptoindustriya: O‘zbekistonda rivojlanish yo‘l xaritasi
• GovTech. Davlat xizmatlarini raqamlashtirish
• Fintex. 2020–2026-yillardagi rivojlanish amaliyoti
• RegTech. Risk boshqaruvi
• Markaziy Osiyoda banking transformatsiyasi
• AI (Sun’iy intellekt) – davlat darajasida, biznes va moliyada
• Bankingda IT-texnologiyalar
• Kelajak bek-ofisi – raqamlashtirish natijasi
• Universal milliy QR-kod
• O‘zbekistonda 2026-yilgi chakana banking
• Banking va to‘lov biznesida kiberxavfsizlik (Cybersecurity)
• Infratuzilma va texnologiyalar rivoji: 21-asr
• Markaziy Osiyoda Islom bankingi va moliya
• O‘zbekistonda MFOlarni tartibga solish
• Kichik va o‘rta biznes (KOB) – iqtisodiyotning ustuvor sektori
• Marketpleyslar. Drayverlar va yangi o‘sish nuqtalari
• O‘zbekistonda kapital bozori
• Chakana savdo (Retail). Trendlar va yechimlar

Spikerlar orasida — industriya yetakchilari:

• Yannos Asxiotis (Revolut Digital Assets Europe)
• Anton Chen, Alipay+
• Svetlana Xe, Uzum Bank
• Farrux Karabayev, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
• Dilshod Qurbonboyev, Markaziy bank Respublika inkassatsiya xizmati
• Ulug‘bek Tavakkalov, Markaziy Osiyo Fintex Assotsiatsiyasi
• Yalkunchan Ganiyev, Freedom Bank Qozog‘iston
• Mixail Xasin, CIO, Halyk Bank
• Artyom Kalashnikov, Hamkorbank
• Rozanna Sarkeyeva, Ipak Yuli Bank
• Zoxir Mirzayev, Asakabank
• Nariman Suleymenov, Sportmaster Qozog‘iston, Qirg‘iziston
• Vadim Tyurin, Agrobank
• va boshqa ko‘plab mutaxassislar.

Digital Uzbekistan 2026 PLUS-Forumida Start-up Elevator’s Pitch bo‘lib o‘tadi — bu formatda uchta startap o‘z loyihalarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘zbekistonlik startaplar va IT-kompaniyalar uchun bu o‘z g‘oyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kremniy vodiysi vakiliga taqdim etish va mintaqaning top-ekspertidan baho olish uchun noyob imkoniyatdir.
Loyihalarni Kremniy vodiysidan bo‘lgan venchur investor, R136 Ventures asoschisi va boshqaruvchi hamkori Viktor Orlovskiy baholaydi. Bundan tashqari, Start-up Elevator’s Pitch dasturidan Viktor Orlovskiyning mahorat darsi ham o‘rin olgan.

2026-yilgi spikerlar

2025-yilgi forumdan yakuniy video

2026-yilgi Forum haqida batafsil ma’lumot havola orqali.

Barcha afzalliklar va ishtirok etish variantlari bilan tanishib, delegat, spiker yoki homiy bo‘lish uchun quyidagi havolalar orqali o‘tishingiz mumkin:

Hamkor bo‘lish

Ro‘yxatdan o‘tish

«Digital Uzbekistan» xalqaro PLUS-Forumida ko‘rishguncha!
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi