JET: So'm yoki dollar omonatlari: O'zbekistonda qaysi biri foydaliroq? Batafsil

Turonbank tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko'rsatishga yo'naltirilgan «Yunusobod» mini-bank ochildi.

06.01.2014
Turonbank moliya xizmatlar bozorida 20 yildan buyon faoliyat ko'rsatib kelmoqda va bugungi kunda mamlakatimizning universal banklaridan biri hisoblanadi. Bank doimiy ravishda rivojlanib, barqaror moliya muassasasi sifatidagi obro'-e'tiborini mustahkamlab kelmoqda. O'zbekistonning yetakchi banklari bilan bir qatorda, Turonbank iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlari va kichik biznesni mablag' bilan ta'minlash, yangi bank texnologiyalarini joriy etish va investitsiya loyihalarini qo'llab-quvvatlashda faol qatnashadi. Bugungi kunda ushbu mini-bankda millliy valyutada quyidagi xizmatlar amalga oshirilmoqda: - yuridik va jismoniy shaxslarni hisob raqamlarni ochish va xizmat kursatish; - milliy valyutada plastik kartochkalarni ochib berish; - kommunal xizmatlar va boshqa turdagi to'lovlar; - to'lov va ko'chirmalarni qabul qilish. Kichik va o'rta biznes vakillari va korporativ mijozlar uchun hisob-kassa xizmatlari, shuningdek, jismoniy shaxslar uchun bo'sh mablag'larni joylashtirish xizmatlari taklif qilinadi. Shu bilan birga, 7 turdagi pul o'tkazish omonat kassalari faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasi bo'yicha Turonbankning 28 ta mini-bank o'z ish faoliyatini muvaffaqiyatli olib bormoqda. Toshkent shahri bo'yicha yangi ochilganlari bilan birga yettita mini-bank faoliyat yuritadi. Shu bilan bir qatorda, shahar bo'yicha 4 filial va respublika bo'yicha 17 ta filial faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
Turon bank «Turonbank» aktsiyadorlik tijorat banki moliya xizmatlar bozorida 1990 yildan buyon faoliyat koʼrsatib kelmoqda va bugungi kunda mamlakatimizning universal banklaridan biri hisoblanadi. Bank doimiy ravishda oʼsib, rivojlanib, barqaror moliya muassasasi sifatidagi obroʼ-eʼtiborini mustahkamlab kelmoqda. Oʼzbekistonning yetakchi banklari bilan bir qatorda Turonbank iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlari va kichik biznesni mablagʼ bilan taʼminlash, yangi bank texnologiyalarini joriy etish va investitsiya loyihalarini qoʼllab-quvvatlashda faol qatnashib kelmoqda
Manba: Turon bank
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar



Orphus tizimi