JET: Dollar kursini kimdir o'yin qilyaptimi yoki kurs "sakragani" normal holatmi? Batafsil

Туронбанк жисмоний шахслар учун кредит қайтарилиши муддатларини узайтирди!

31.03.2020
Коронавирус инфекцияси тарқалишининг олдини олиш ҳамда унинг оқибатида қарздорларнинг кредит тўловлари билан боғлиқ рискларини юмшатиш мақсадида, Туронбанк жисмоний шахсларнинг 100 млн. сўмдан кам бўлган барча кредитлари бўйича тўлов муддатларини ортиқча ҳужжатларсиз узайтирмоқда. Бунда 2020 йилнинг апрель ва май ойлари тўловлари қарздорнинг мурожаатисиз кредитни охирги қайтариш санасидан икки ойга чўзилади.   Эслатма: бу ўзгариш қарздорни мавжуд кредит қолдиғи бўйича ҳисобланган фоизларини келгусида тўлаш мажбуриятидан озод этмайди.  Туронбанк сизнинг ҳаловатингиз тарафдори! 
Turon bank «Turonbank» aktsiyadorlik tijorat banki moliya xizmatlar bozorida 1990 yildan buyon faoliyat koʼrsatib kelmoqda va bugungi kunda mamlakatimizning universal banklaridan biri hisoblanadi. Bank doimiy ravishda oʼsib, rivojlanib, barqaror moliya muassasasi sifatidagi obroʼ-eʼtiborini mustahkamlab kelmoqda. Oʼzbekistonning yetakchi banklari bilan bir qatorda Turonbank iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlari va kichik biznesni mablagʼ bilan taʼminlash, yangi bank texnologiyalarini joriy etish va investitsiya loyihalarini qoʼllab-quvvatlashda faol qatnashib kelmoqda
Manba: Turon bank
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

05.09.2025

Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

19.08.2025

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

O‘zbekiston Milliy banki biznes uchun kreditlar miqdorini oshirdi va moliyalashtirish shartlarini soddalashtirdi

13.08.2025

O‘zbekiston Milliy banki biznes uchun kreditlar miqdorini oshirdi va moliyalashtirish shartlarini soddalashtirdi



Orphus tizimi