JET: Qaysi banklar eng yuqori foizli va to'ldiriladigan omonatlarni taklif qilmoqda? Batafsil

Uchqo‘rg‘onda “Bank xizmatlari markazi” ochildi

17.02.2021

Aholi va tadbirkorlarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish, ularga qo‘shimcha qulaylik yaratish, har tomonlama foydali va jozibador bank mahsulotlarini taqdim etish — Xalq bankining ustuvor vazifalaridan biri.

Bunda eng avvalo, xalqqa yanada yaqin bo‘lish, xalq ichiga kirib borish talab etiladi. Xalq banki bu borada eng samarali yo‘lni tanladi. Ya’ni aholi gavjum hududlarda “Bank xizmatlari markazlari”ni tashkil etmoqda.

12-fevral kuni Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida ham shunday markazlardan biri ish boshladi. Xalq banki Boshqaruvi Raisi Farhod Salamov Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur muassasa faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

— Mijozlarimiz faoliyatimizdan har tomonlama rozi bo‘lishlari lozim, — dedi F.Salamov. — Ularga qulay, sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatilsa, kifoya, bizdan ortiqcha narsani talab qilmaydi. Shu sababli bugun qilayotgan ishlarimiz, joriy etayotgan yangiliklarimizni, eng avvalo, mijozlar manfaatini ko‘zlab amalga oshiryapmiz.

Shu o‘rinda aytish lozim, ushbu markaz 3 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi 15 mingdan ziyod fuqaroga keng ko‘lamli bank va konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.

Bu yerda mikroqarz, overdraft va boshqa kreditlarni rasmiylashtirish mumkin.  Qolaversa, hisob raqami ochish va kredit olish uchun ariza berish, onlayn omonatni rasmiylashtirish, barcha turdagi to‘lovlar hamda xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati ham mavjud.

 Bank Axborot xizmati

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
 Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

01.07.2025

Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

 Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

30.06.2025

Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

24.06.2025

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda



Orphus tizimi