Hurmatli mijozlar!
"Aloqabank" UnionPay kobeydj karta egalari uchun yangi xizmat joriy etilganligini mamnuniyat ila ma’lum qilamiz.
Endi siz kobeydj UnionPay kartangizga overdraft kreditini rasmiylashtirishingiz va ushbu kredit mablag'laridan nafaqat O'zbekistonda, shuningdek chet elda ham foydalanishingiz - xorijiy valyutada xaridlar qilishingiz va naqd pul olishingiz mumkin!
Overdraftning afzalliklari:
Overdraft – bu qisqa muddatli bank kreditining bir turi bo'lib, kobeydj karta egalariga karta hisobida yetarli mablag' bo'lmagan hollarda taqdim etiladi.
Kobeydj karta – bu UnionPay va UzCard to'lov tizimlarining kartasi bo’lib, milliy valyutada ochiladi hamda respublika bo'ylab odatdagi UzCard, chet elda esa xalqaro UnionPay kartasi sifatida qabul qilinadi. To'lov jarayonida summa darhol xorijiy valyutaga o’tkaziladi.
Aloqabank kobeydj kartalari UnionPay infratuzilmasidagi 175 ta mamlakat va mintaqalarda qabul qilinadi.
Overdraft quyidagi shartlarda taqdim etiladi.
Kredit miqdori – o'rtacha oylik ish haqining 3 baravari, maksimal summa: eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha;
Kredit muddati – 12 oy;
Kredit foizi – yillik 30 %;
Valyuta turi – milliy valyuta – so'mda ochiladi. Karta chet elda avtomat xorijiy valyutada qabul qilinadi;
Kredit ajratilish shakli – kredit summasi ish haqi doirasida ochilgan UzCard hamda UnionPay kobeydj kartalariga o'tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi;
Garov ta`minoti – 3 – shaxs kafilligi, mol-mulk (depozit), Sug'urta polisi
Murojaat uchun: Tel.: (+998 71) 230-77-77 email: info@aloqabank.uz
11.12.2025
So'm pozitsiyalarni tenglashtirdi, ammo salohiyat saqlanib qolmoqda
11.12.2025
Visa Excellence Cup 2025: Visa mukofotlari Octobankning elektron to‘lovlar bo‘yicha yetakchiligini tasdiqladi
24.11.2025
Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!
UnionPay kobeydj kartalariga Overdraft