JET: O'zbekistonda eng manfaatli kredit kartasini qaysi bank taklif qiladi? Batafsil

UZCARD mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash maqsadida ACP tizimini takomillashtirmoqda - Toshkent, O'zbekiston


Uzcard kompaniyasi O'zbekistonda nafaqat UZCARD to'lov kartalariga xizmat ko'rsatuvchi, balki Visa, Mastercard va UnionPay kabi xalqaro to'lov tizimlari bo'yicha protsessing operatsiyalar xizmatining taqdim etuvchisi hamda banklararo protsessing xizmatlarining yetakchi yetkazib beruvchilaridan biri hisoblanib, protsessing hisob-kitoblarini avtomatlashtirishni takomillashtirish maqsadida Change Team tomonidan ishlab chiqilgan yangi avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimiga (AHKT yoki APS) o'tmoqda.

UZCARD har doim o'z mijozlariga eng yaxshi xizmatni taqdim etishga intiladi va avtomatlashtirishning sifatli yangi bosqichi orqali ish jarayonini shallantirish kompaniyaning asosiy faoliyatidagi birlamchi yo'nalishiga aylandi. Loyihaning asosiy vazifasi bank kartalari yordamida avtomatik hisob-kitob operatsiyalarini takomillashtirish, ularning tariflari, mijozlar bilan solishtirish, hisob-kitob yuritish va to'lovlarni nazorat qilishni o'z ichiga olgan.

Change Team kompaniyasi 2023-yilning 3-choragida yangi tizimni ishlab chiqish bo'yicha tenderda g'olib chiqdi va 2024-yil aprel oyida yangi AHKTni tajriba-sanoat ekspluatatsiyasida muvaffaqiyatli ishga tushirdi. Tizim zamonaviy open-source texnologiyasidan foydalangan holda mikroservis arxitekturasi bilan ishlab chiqilgan va quyidagi asosiy modullarni o'z ichiga oladi: yadro, hamkorlar va billing.

Avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimi (AHKT) quyidagilarni ta'minlaydi:
  • tashkilotning tariflari, shartnomalari va hamkorlik ma'lumotlarini samarali boshqarish;
  • protsessing xizmatlari narxini tez va aniq hisoblash;
  • moslashuvchan va shaffof tranzaksiya hisobotlarni yaratish tizimi; 
  • katta hajmdagi tranzaksiya va POS-terminallar ma'lumotlarini xavfsiz yig'ish va saqlash; 
  • tashkilot buxgalteriya hujjatlarini shakllantiradigan 1C tizimiga billing ma'lumotlarini o'z vaqtida tranzit qilish.


UZCARD zamonaviy AHKTdan foydalanish tufayli kompaniya o'z mijozlariga xizmat ko'rsatish sifatini sezilarli darajada yaxshilashi va protsessing operatsiyalari ustidan nazoratni kuchaytirishiga ishonadi.

Olim Zokirov, UZCARD Bosh direktori: "Tizimni yangilash vazifasini amalga oshirish uchun pudratchini tanlashda biz ikkita omilga e'tibor qaratdik: birinchisi, pudratchi jamoasi bizning biznesimizni va takomillashtirish bo’yicha talablarimizni tushunib, bizni qoniqtira oladigan tezkor startni amalga  oshira olishi; ikkinchisi – open-sourse texnologiyasidagi AHKT, keyinchalik cheklovlarsiz mustaqil o’zgartirishimiz uchun birlamchi kodni modifikatsiya qilish imkoniyati bo’lishi uchun bizga taqdim etilishi. Amalga oshirish jarayonida hamkasblarimiz Change Team jamoasi bizning barcha talablarimizni qondirishdi. UZCARD tizimni mustaqil ravishda takomillashtirish imkoniyatlaridan foydalangan holda AHKTni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha Change Team bilan hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirmoqda".

Kirill Pivovarov ( @kipivovarov), Change Team asoschisi va texnik direktori: "Change Team kompaniyasi O'zbekistonda ilgari boshqa mamlakatlar bozorlaridagi banklar, MFO va to'lov tizimlarini avtomatlashtirish sohasidagi olingan keng ko'lamli texnologik tajribani mahalliylashtirish uchun tashkil etilgan. O'zbekistonda xususiy biznes va davlat sektorining barcha sohalarida raqamli transformatsiyalarning rivojlanish sur'atlaridan hayratlanamiz. Va UZCARDdagi hamkasblarimizning bizning foydamizga qilgan tanlovi, shuningdek, AHKTni amalga oshirish va tadbiq qilish jarayonida ko'rsatgan professionalligi uchun minnatdormiz. UZCARD bilan yanada samarali hamkorlik qilishni, shuningdek, O'zbekistonning boshqa moliya tashkilotlari bilan yangi qiziqarli loyihalarni amalga oshirishni umid qilamiz".
O'xshash yangiliklar
Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

24.12.2024

Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

19.12.2024

Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi

Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!

14.11.2024

Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!



Orphus tizimi