Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

07.04.2026

Uzum Bank moliyaviy sohadagi yetakchi xalqaro nashrlardan biri bo‘lgan Global Finance tomonidan o‘tkaziladigan 33-har yillik Best Bank Awards 2026 mukofoti doirasida mamlakatning eng yaxshi banki deb topildi.

Uzum Bank barqaror natijalar va mijozlarga kundalik muammolarni hal qilishda yordam beradigan xizmatlarni yaratishga e’tibor qaratgani uchun taqdirlandi. Bank raqamli modelni izchil rivojlantirib, moliyaviy xizmatlarni mamlakat aholisi uchun qulay va tushunarli qilmoqda. Shunday qilib, bugungi kunda Uzum Bankning Visa kartalaridan mamlakatning 5 milliondan ortiq aholisi foydalanmoqda, raqamli moliyaviy yechimlarga bo‘lgan yuqori talab tanlangan yondashuvning dolzarbligini va Uzum Bankning O‘zbekistonda naqd pulsiz to‘lovlar va zamonaviy bank infratuzilmasini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini tasdiqlaydi.

Ushbu mukofot raqamli yechimlar va ekotizimga integratsiyaga e’tibor qaratish talabgir mahsulotlarni yaratish va foydalanuvchilar bilan birgalikda o‘sish imkonini berishini tasdiqlaydi.

G‘oliblarni tanlashda Global Finance asosiy biznes ko‘rsatkichlari —moliyaviy natijalar, mahsulotlarning rivojlanishi va mavjudlik masshtabi, shuningdek, soha mutaxassislari: tahlilchilar, maslahatchilar va bozor ishtirokchilarining fikrini baholaydi. Joriy yilda banklar beqaror iqtisodiy vaziyatni qanday yengib o‘tishi, barqaror bo‘lishi va shu bilan birga rivojlanishda davom etishiga alohida e’tibor qaratildi.

"Biz ishimiz xalqaro miqyosda yuqori baholanganidan juda xursandmiz. Biz shunchaki bank emas, balki ekotizim ichida to‘laqonli moliyaviy infratuzilmani yaratmoqdamiz: foydalanuvchi ilovada Uzum Bank kartasini rasmiylashtirishi va undan darhol foydalanishni boshlashi, keyin esa zarurat tug‘ilganda Uzum Market buyurtma berish punktlarida jismoniy kartani olishi mumkin, — dedi Uzum Bank boshqaruvi raisi Svetlana Xe. Foydalanuvchilar xaridlar uchun keshbekni qaytarishlari, Uzum Market va Uzum Tezkor'da maxsus takliflardan foydalanishlari, yo‘l haqini arzonlashtirilgan narxda to‘lashlari, shuningdek, O‘zbekistondagi istalgan bankning kartalariga bepul pul o‘tkazishlari mumkin. Bunday yondashuv moliyaviy xizmatlarni o‘zbekistonliklarning kundalik hayotining tabiiy qismiga aylantiradi."

Global Finance haqida

Global Finance — 1987-yilda tashkil etilgan xalqaro nashr bo‘lib, dunyoning 185 mamlakat, hudud va mintaqalarida 50 000 ga yaqin auditoriyaga ega. GFMag.com saytida global moliya bozorlarini yoritish bo‘yicha 38 yildan ortiq tajribaga asoslangan tahliliy materiallar va maqolalar e’lon qilinadi. Global Finance shtab-kvartirasi Nyu-Yorkda joylashgan bo‘lib, nashrning butun dunyo bo‘ylab vakolatxonalari mavjud. Global Finance muntazam ravishda banklar va boshqa moliyaviy xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar orasida eng yaxshi o‘yinchilarni aniqlaydi. Ushbu mukofotlar xalqaro moliya hamjamiyati uchun sifat va professional e’tirofning tan olingan mezoniga aylandi.



Uzum Bank Uzum Bank — Uzum milliy raqamli ekotizimiga tegishli internet-bank. Uzum Bank yordamida millionlab foydalanuvchilar o‘z pul mablag‘larini boshqaradi: tovarlar, xizmatlar va maishiy to‘lovlarni to‘laydi, xaridlardan keshbek oladi, pul o‘tkazadi va naqd pul yechib oladi. Uzum Nasiya bilan integratsiya bank mijozlariga muddatli to‘lov va mikroqarzlar uchun 25 million so‘mgacha limitdan foydalanish hamda qulay toʻlov qilish imkoniyatini ta’minlaydi, Uzum Market va Uzum Tezkor bilan integratsiya esa Uzum ekotizimiga qarashli servislardan  qo‘shimcha bonuslar va afzalliklarni taqdim etadi. 
O'xshash yangiliklar
Octobank takliflari bilan biznesingizga yangi turtki bering!

26.03.2026

Octobank takliflari bilan biznesingizga yangi turtki bering!

5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri

11.03.2026

5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

04.03.2026

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi



Orphus tizimi