Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin

13.01.2025

Uzum Bank ilovasida telefon raqami orqali tezkor pul oʻtkazish imkoniyati paydo boʻldi. Buning uchun kontaktni roʻyxatdan tanlash yoki raqamni qoʻlda kiritish hamda pulni kerakli bank kartasiga oʻtkazish mumkin. Servis Uzum karta va boshqa bank kartalaridan pul oʻtkazmalari uchun ishlaydi.

Yangi vosita shaxsiy mablagʻlarni boshqarish jarayonini yengillashtiradi: endi oila a’zolari yoki doʻstlarga pul oʻtkazish uchun karta rekvizitlarini toʻldirish shart emas. Shunchaki telefon raqamini kiritishning oʻzi kifoya — ilovada pul oʻtkazish uchun telefon raqamiga ulangan kartalar aks etadi. Bu barcha bosqichlarda karta ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlashga va rekvizitlarni toʻldirishda xatoliklarning oldini olishga yordam beradi.

Uzum Bank foydalanuvchilari hozir telefon raqami orqali mamlakat ichida pul oʻtkazishlari mumkin. Kelajakda chet elda yashayotgan doʻstlar va qarindoshlarga ham pul yuborish imkoniyati paydo boʻladi.

Ma’lumot uchun

Uzum Bank — Uzum milliy raqamli ekotizimga tegishli internet-bank. Uzum Bank yordamida millionlab foydalanuvchilar oʻz mablagʻlarini boshqaradi: tovarlar, xizmatlar, maishiy xizmatlar uchun toʻlov qiladi, xaridlardan keshbek ishlaydi, pul oʻtkazadi va naqd pul yechib oladi. Uzum Nasiya bilan integratsiya bank mijozlariga nasiya va mikroqarzlar uchun 25 million soʻmgacha limitdan foydalanish imkonini beradi, Uzum Market va Uzum Tezkor bilan integratsiya esa — Uzum ekotizimidagi servislardan qoʻshimcha bonus va afzalliklar bilan ta’minlaydi. Ilovada Uzum kartadan Uzcard va Humo kartalariga oyiga 100 mln soʻmgacha komissiyasiz pul oʻtkazish mumkin, bank ichida pul oʻtkazmalari — doimo bepul.

O'xshash yangiliklar
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

25.02.2026

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

Biznesingiz keskin o‘sishga tayyor bo‘lsa — Octobank yoningizda!

18.02.2026

Biznesingiz keskin o‘sishga tayyor bo‘lsa — Octobank yoningizda!



Orphus tizimi