Uzum Bank O‘zbekiston bo‘ylab o‘z bankomatlar tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda. Bugungi kunda mamlakat bo‘ylab foydalanuvchilar uchun 500 dan ortiq bankomatlar mavjud. Ular supermarketlar, savdo va biznes markazlari, dorixonalar hamda boshqa qulay joylarda joylashgan.
Shuningdek, bankomatlar Uzum Market'ning ko‘plab buyurtma berish nuqtalarida mavjud bo‘lib, bu foydalanuvchilarga bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifalarni hal qilish imkonini beradi: bank kartasini olish, buyurtmani olish va uni chegirma bilan karta orqali to‘lash, balansni to‘ldirish yoki naqd pul yechib olish. Bu moliyaviy xizmatlarni hatto kichik aholi punktlari va mamlakatning chekka hududlari aholisi uchun ham yanada arzon va qulay qiladi. Qulay va tushunarli infratuzilma foydalanuvchilarning fintex xizmatlariga bo‘lgan ishonchini oshiradi va naqd pulli to‘lovlardan raqamli to‘lovlarga o‘tishga yordam beradi - ham xususiy mijozlar, ham biznes uchun.
— Biz uchun butun mamlakat bo‘ylab mijozlar uy va ofis yaqinida, universitet yoki bozorga ketayotganda bank xizmatlaridan oson va qulay foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi muhim, — deydi Uzum Bank Boshqaruvi raisi Svetlana Xe. — Biz infratuzilmani shunday rivojlantirmoqdamizki, kundalik moliyaviy operatsiyalar minimal vaqt va sa’y-harakat talab qilsin. Jumladan,Uzum Market bank kartasini eng yaqin buyurtma topshirish punktiga yetkazib berish xizmati mijozlarga bankning ish jadvaliga bog‘liq bo‘lmagan holda ish kunlari ham, dam olish kunlari ham o‘z kartalarini olish imkonini beradi.
Uzum Bank bankomatlari asosiy operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi: naqd pul yechib olish va kiritish, PIN-kodni o‘zgartirish va balansni tekshirish. Eng yaqin bankomatni Uzum Bank mobil ilovasidagi «Bankomatlar» bo‘limi orqali, shuningdek geoservislarda «Uzum Bank bankomati» so‘rovi orqali topish mumkin.
Yil oxirigacha Uzum Bank O‘zbekistonning millionlab aholisi uchun raqamli moliya vositalarini arzon va qulay qiladigan infratuzilmaga sarmoya kiritishni davom ettirgan holda, butun respublika bo‘ylab tarmog‘ini bir necha ming bankomatgacha kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Uzum Bank
Uzum Bank — Uzum milliy raqamli ekotizimiga tegishli internet-bank. Uzum Bank yordamida millionlab foydalanuvchilar o‘z pul mablag‘larini boshqaradi: tovarlar, xizmatlar va maishiy to‘lovlarni to‘laydi, xaridlardan keshbek oladi, pul o‘tkazadi va naqd pul yechib oladi. Uzum Nasiya bilan integratsiya bank mijozlariga muddatli to‘lov va mikroqarzlar uchun 25 million so‘mgacha limitdan foydalanish hamda qulay toʻlov qilish imkoniyatini ta’minlaydi, Uzum Market va Uzum Tezkor bilan integratsiya esa Uzum ekotizimiga qarashli servislardan qo‘shimcha bonuslar va afzalliklarni taqdim etadi.
O'xshash yangiliklar
25.02.2026
TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi
18.02.2026
Biznesingiz keskin o‘sishga tayyor bo‘lsa — Octobank yoningizda!
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda