JET: 2025-yilda pulni qayerga tikish afzal – ko‘chmas mulkgami yoki bank omonatigami? Batafsil

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi

Mamlakatning 13 ta yetakchi banki va to‘lov ilovalari ishtirok etgan mijozlarning raqamli tajribasini o‘rganish natijasida Uzum Bank O‘zbekiston banklari va to‘lov tizimlari orasida yetakchiga aylandi.

Markswebb reytingi ilovalarda eng mashhur xizmatlar (tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov, ma’lumotnomalarga buyurtma berish, karta raqamlari va bank rekvizitlari bo‘yicha o‘tkazmalar va boshqalar) qanchalik qulay amalga oshirilganligini aks ettiradi — agentlik mutaxassislari ilovalarni jami 13 dan ortiq vazifalar bloklari bo‘yicha baholaydilar. Mamlakatning fintex-bozorining o‘ziga xos xususiyatlarini va xizmatlarning ishlashidagi farqni hisobga olgan holda, bu yil Markswebb ikkita reytingni taqdim etdi: birinchisi O‘zbekistonda mashhur bo‘lgan banklarning ilovalari o‘z ichiga olgan, ikkinchisi esa bank va to‘lov tizimlarining ilovalarini birlashtirgan. 

Mutaxassislar Uzum Bankni ketma-ket ikkinchi marta yuqori baholadilar — 2022-yilda ilova bozordagi eng qulay raqamli bankka aylandi, ekspertlarning fikricha, ular buni to‘lov tizimining to‘liq mobil bankka aylanishining namunasi sifatida ham qayd etishgan. Bu yil bank o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilab, O‘zbekistonning mobil banklari va to‘lov tizimlari reytingida eng yuqori 56,2 ballni, mobil banklarning umumiy reytingida 53,9 ballni qo'lga kiritdi. Bankning kuchli tomonlari orasida mutaxassislar provayderlarning to‘lovlarni amalga oshirish uchun turli xil shakllarini, limitlar va xavfsizlikni moslashuvchan boshqarishni va mijozlarga xizmat ko'rsatishning tezkor ishlashini ta’kidladilar. 

Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining 13 ta banki va to‘lov tizimlari ishtirok etdi. Baholash uchun 2024-yilining 28-martiga foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lgan Android ilovalaridan foydalanilgan. 

Uzum Bank — raqamli bank, Uzum milliy raqamli ekotizimi servislaridan biri. Mamlakat bo‘ylab 15 000 ta hamkor punktlarida Uzum Bank orqali tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin va bank hamkorlarining qariyb 40 foizi Uzum Bank orqali to‘lashda 20 foizgacha keshbek taqdim etadi. Ilovada qulay to‘lov va p2p-o‘tkazmalaridan tashqari, har qanday tovar va xizmatlarni to‘lash uchun Uzum Nasiyadan 25 milliongacha muddatli to‘lov uchun limit olish mumkin.


Uzum Bank Uzum Bank — Uzum milliy raqamli ekotizimiga tegishli internet-bank. Uzum Bank yordamida millionlab foydalanuvchilar o‘z pul mablag‘larini boshqaradi: tovarlar, xizmatlar va maishiy to‘lovlarni to‘laydi, xaridlardan keshbek oladi, pul o‘tkazadi va naqd pul yechib oladi. Uzum Nasiya bilan integratsiya bank mijozlariga muddatli to‘lov va mikroqarzlar uchun 25 million so‘mgacha limitdan foydalanish hamda qulay toʻlov qilish imkoniyatini ta’minlaydi, Uzum Market va Uzum Tezkor bilan integratsiya esa Uzum ekotizimiga qarashli servislardan  qo‘shimcha bonuslar va afzalliklarni taqdim etadi. 30-aprelgacha Uzum kartadan Uzcard va Humo kartalariga oyiga 100 mln so‘mgacha komissiyasiz pul oʻtkazish mumkin, bank ichida pul o‘tkazmalari esa doimo bepul.
O'xshash yangiliklar
Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi.

07.05.2025

Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi.

Octobank «2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun» mukofotiga sazovor bo‘ldi

06.05.2025

Octobank «2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun» mukofotiga sazovor bo‘ldi

«Kapitalbank» ATB rahbariyat tarkibini kadrlar zaxirasi hisobidan kengaytirmoqda

05.05.2025

«Kapitalbank» ATB rahbariyat tarkibini kadrlar zaxirasi hisobidan kengaytirmoqda



Orphus tizimi