Uzum Bank Telegramda mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatini yangiladi. Bank xodimlari avvalgidek 24/7 rejimida yordamga kelishga tayyor va botning ichki tizimlar bilan integratsiyasi tufayli mutaxassislar so‘rovlarni yanada tez va samarali qayta ishlashlari mumkin. Endi qo‘llab-quvvatlash xizmati chati @UzumBank_Robot manzili bo‘yicha bo‘ladi.
Telegram — ko‘plab mijozlarimiz uchun eng qulay va tanish aloqa usuli, demak, mamlakatning eng mashhur messenjeridagi qo‘llab-quvvatlash xizmati tez va samarali ishlashi kerak, — deydi Uzum Bank kontakt-markazi boshqarmasi boshlig‘i Mixail Panchenko. — Hech qanday murojaatni o‘tkazib yubormaslik uchun biz Telegram-chatimizni qo‘llab-quvvatlash xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash tizimi bilan birlashtirdik, shuningdek xodimlarning javoblarining tezligi, sifati va to‘liqligini monitoring qilmoqdamiz.
@UzumBank_Robot — Telegram orqali Uzum Bank bilan bog‘lanishning yagona rasmiy usuli. Bundan tashqari bank qo‘llab-quvvatlash xizmati bank ilovasidagi chatda yoki +99878 7770799 ishonch telefoni orqali yordamga kelishga va savollarga javob berishga tayyor
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi